Xotira Reja: 1. Xotira haqida tushuncha 2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari 3. Xotira turlari 4. Xotira jarayonlari Inson xotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi: Yondoshlik assotsiatsiyasi- bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo'ladi O'xshashlik assotsiatsiyasi- hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o'rtasida ma'lum o'xshashlikka aytiladi Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi - hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o'rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo'lganga aytiladi Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. His-tuyg'u yoki hissiyot xotirasi -bu xotira his-tuyg'ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Obrazli xotira - yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisa-larning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog'lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug'ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. So'z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o'rin egallashini har kim o'z shaxsiy tajribasidan biladi. Qisqa muddatli xotira- qisqa muddatga esda qoldirilishini ta'minlaydigan xotira turi. Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holatga aytiladi. Xotira jarayonlari quyidagilardan iborat: Esda olib qolish Esda saqlash Esga tushirish Unutish Esda olib qolish va unutish tezligiga ko'ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud: 4) sekin esda qoldirib, tez unutish. 3) sekin esda qoldirib, sekin unutish; 2) tez esda qoldirib, tez unutish; 1) tez esda qoldirib, sekin unutish; 1912 yilda Atlantika okeanida faloqat sodir bo'ldi. Yevropadan Amerikaga birinchi reys bilan yo'lga chiqqan, ulkan yo'lovchi kemasi «Titanik», so'zib yurgan muz tog'i - aysberg bilan tumanda to'qnashib ketdi(1), unda katta yoriq hosil bo'ldi va cho'ka boshladi(2). «Qayiqlarni tushiring!» - buyruq berdi kapitan. Lekin qayiqlar yetarli emas edi(3). Ular yo'lovchilarning yarmiga yetardi xolos. «Ayollar va bolalar - zinalarga, erkaklar qutqaruv kamarlarini taqsin!» (4) - yangradi ikkinchi buyruq. Erkaklar jimgina bortdan uzoqlashdilar. Kema sekin-asta zulmatli sovuq suvga g'arq bo'la boshladi (5). Ayollar va bolalarni ortgan qayiqlar birin-ketin haloqatga uchragan qayiqdan uzoqlashardilar. Mana oxirgi qayiqqa chiqarish ham boshlandi (6). SHunda birdan, yuzi qo'rquvdan dahshatli tus olgan baqaloq odam dod-faryod bilan o'zini zinaga urdi(7). Ayollar va bolalarni turtib, u dengizchilarga dastalangan pullarni tiqishtirar va odamlar bilan to'lib-toshgan qayiqqa o'tishga urinardi(8). Past ovozdagi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.01 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.01 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: pptx