XVIII - XIX asrlarda psixologiyani rivojlanishi

XVIII - XIX asrlarda psixologiyani rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
XVIII - XIX asrlarda psixologiyani rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

XVII-XIX asrlarda psixologiyani rivojlanishi Reja: XVII asr psixologiyasiga umumiy tavsif. Assotsiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi. XIX asrning 2-yarmida assotsiativ psixologiyaning rivojlanishi. Eksperimental psixologiyaning rivojlanishi. XIX va ayniqsa XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, ya'ni o'rganadigan voqyelik sohasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning alohida yangi sohalari paydo bo'ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma'lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o'rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi. Assosiativ psixologiya Bekon va Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlarni aniqlashdan iborat edi. Yuqorida aytilganday, Bekon bilan Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va prosesslarga birikishida bo'ysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan, Gobbs psixik hodisalar intilish va qochish qonuniga bo'ysunadi deb hisoblagan. XVII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar g'oya - tasavvurlarning yaxlit bo'lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assosiasiyalar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar. Assosiasiyalar haqidagi bunday ta'limot bir vaqtda ham idealistik, ham materialistik yo'nalishda paydo bo'ldi. Idealistik yo'nalishning vakili (va umuman assosiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711-1776 y.) edi. Uning ta'limotiga ko'ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o'zining «men» ekanligi (o'z-o'zini) anglash, o'zaro tashqi bog'lanishlar - assosiasiyalar bilan bog'langan «tasavvur birikmalari»dir, xolos. Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757 y.) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804 y.) edilar. Ular assosiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog'lanishlarga tenglashtirib qo'ydilar. Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi. Pristli barcha psixik prosesslar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o'rtasidagi prinsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyaning bir qismi deb qaradi. Assosiasiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta'limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik psixologiyaning ichida «assosiativ psixologiyalar» deb atalgan alohida oqim paydo bo'ldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqyeni egallab oldi. XIX asrda assosiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836 y.), Djon Styuart Mil (1806-1837 y.), Aleksandr Ben (1818-1903 y.), Gerbert Spenser (1820-1903 y.) edilar. Bularga Fransiyada T. Ribo (1829-1916 y.), Germaniyada Teodor Sigen (1862-1950 y.) larni va qisman yo'lius Ebbingauzni (1850-1909 y.) ham kiritish mumkin. Assosiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik prosesslar (xotira, tafakkur va nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo'lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo'lgan tasavvurlardan hosil bo'ladilar deb da'vo qildilar. Ayrim-ayrim sezgi va tasavvurlar assosiasiyalarning qonunlariga binoan, o'zaro mexanik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.47 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.47 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga