XX Asrlarda psixologiyaning rivojlanishi Reja: Bixeviorizmga umumiy tavsifnoma. Nebixeviorizmni yuzaga kelishi va rivojlanishi. Geshtaltpsixologiyaga umumiy tavsif. Psixoanaliz va uning rivojlanishi. Yungning analitik psixologiyasi. Adlerning individual psixologiyasi. Bixeviorizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya fanining bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o'zaro javoblar Stimuli bilan uzviy bog'liq ekanligini ta'kidlab o'tadi. Bixeviorizm uchun xulq asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o'tilgandir. Uotson Bolani psixologik tarbiyalash asarida bolani ruhan va jismonan sohlom qilib tarbiyalash uchun nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida to'xtalib o'tdi. Qat'iy kun tartibiga rioya qilish, turli stimullaming ta'siridan himoya qiladigan bolaning maxsus xonasi mavjudligi, bolaga nisbatan muhabbat va g'amxo'rlik ko'rsatishda me'yor bo'lishi zarurligini ta'kidladi. Uotson insonlami tarbiyalashda muhitning ustuvor rolini ta'kidladi. Uning ta'kidlashicha, sog'lom bolalar to'plamidan muhitning ta'sirida kimni bo'lsa-da tarbiyalash mumkin: yoki bir xil xulq-atvorli bolalar qilib tarbiyalash mumkin, yoki har xil sohadagi insonlami, vrach, sotuvchi, yoki o'g'ri qilib tarbiyalash mumkin. Dj.Uotsonning bixeviorizm konsepsiyasi Klassik bixeviorizmning asosiy g'oyasi quyidagilardan iborat: bola psixikasining rivojlanishi asosan atrof-muhitga bog'liq. Bola taraqqiyotini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda stimullar va ular asosida paydo bo'ladigan reaksiyalar o'rtasida bog'lanish hosil bo'lishiga, o'rganishga imkon beradigan yoki unga to'sqinlik qiladigan sharoitlami o'rganishga e'tibor qaratildi. Muhit bolani o'rab turuvchi tevarak-atrof, aniq hayotiy vaziyatlardan iborat sharoit sifatida qaraldi; vaziyat turli stimullar to'piamidan iborat bo'lib, ular o'z navbatida qo'zg'atuvchilar zanjiriga bo'linadi. Tashqi muhit ta'sirlari bola xulq-atvori mazmunini va uning rivojlanish xarakterini belgilaydi. Shunga qaramasdan, ba'zi bixevioristlar, jumladan E.Tomdayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor qilganlar. Ular o'zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining quyi darajalarini o'rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ulaming turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo'lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to'g'risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo'zg'aluvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo'zg'atuvchilar paydo bo'lishiga asoslangan bo'lib, ular insonning organik eshtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg'unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ulaming ta'kidlashiga ko'ra, ikkilamchi qo'zg'ovchilar organik qo'zg'atuvchilaming go'yoki qobig'iga o'xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug'ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog'lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug'ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo4lib, ular odamlaming motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha asosiy instinktlar sifatida hukm surishi mumkin. Operant o'rganish Edvard Torndaykning psixologiya faniga qo'shgan hissalaridan biri odam shunchaki fikrlay oladigan boshqa bir ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.82 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.82 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc