XX asrning 2-yarmida yangi yo'nalishlarni yuzaga kelishi Reja: Gumanistik psixologiyaga umumiy tavsif. Gumanistik psixologiyaning birinchi nazariyasi. Genetik psixologiya. Rossiyada psixologiyaning rivojlanishi. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida o'z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug'ullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o'zaro keskin farqlanadi. hozir yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarin muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib yosh davrlarin quyidagi bosqichlarga ajratadi: Chaqaloqlik davri inqirozi. Go'daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqiroz. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yoshdagi inqiroz. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yoshdagi inqiroz. Olim o'z asarlarida har bir davrning o'ziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy ta'riflay olgan. Eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha munozarali, bahsli o'rinlar ham uchraydi. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar roli to'g'risidagi mulohazalari va olg'a surgan g'oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir. L.S.Vigotskiy shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga bo'lishda motivlarni asos qilib olidi, shuning uchun bu bo'lishni motivasion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko'ra yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat: Birinchi bosqich - chaqaloqlik; tug'ilgandan 1 yoshgacha; ikkinchi bosqich - motivasion tasavvur; 1 yoshdan 3 yoshgacha; uchinchi bosqich - men ni anglash davri; 3 yoshdan 7 yoshgacha; to'rtinchi bosqich - ijtimoiy jonzotlikni anglash davri; 7 yoshdan 13 yoshgacha; beshinchi bosqich - a) o'z-o'zini anglash davri; 12 yoshdan 14 yoshgacha; b) o'z o'rnini belgilash (topish) davri; 15 yoshdan 17 yoshgacha. L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiyalashda unda namoyon bo'ladigan o'zgarishlarni, bu o'zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, turtkilari, mexanizmlarini ham bayon qiladi. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontyev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: go'daklik davri - tug'ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat - bevosita emosional muloqat; ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat - predmet bilan nozik harakatlar qilish; maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc