Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi Psixikaning irratsion (aqliy bilish jarayonaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalarida biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U insoning umrini o'ziga xos betakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi. Birinchi davr - go'daklikda tashqi dunyoga ongsiz ishonch tuyg'usi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g'amxo'rligi va jonkuyarligidir. Agar go'dakda ishonchning negizi paydo bo'lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tuyg'usi, voyaga etgan odamlarda mahluqlik hissi tug'ilsa, voyaga etgan odamlarda mahluqlik, umidsizlik vujudga kelishi shubxasizdir. Ikkinchi davr ilk bolalik yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi uyat va shubxa xissi hosil bo'ladi. Bolada mustaqillikning o'sishi unga o'z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo'lg'usi shaxs xususiyatldaridan tartib-intizom, masuliyat, javobgarlik, hurmat tuyg'ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi. Uchinchi davr - o'yin Yoshi deb ataladi va unga 5-7 Yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuyg'usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Ma'bodo boladagi hoxish-istakni ro'yobga chiqarish yo'li to'sib qo'yilsa, buning uchun u o'zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya'ni guruh oyinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko'rishiga, uning xayoloti o'sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg'usi, uni tushunish mayli tug'ila boshlaydi. To'rtinchi davr maktab Yoshi boladagi asosiy o'zgarishlar: ko'zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu Yosh davrning salbiy jihatlari (illatlari) ham bolib, ular ijobiy xislatlari etarli bolmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni hal qilshda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni ozlashtirishdagi qoloqlik va hoka'zolardir. Xuddi shu davrdagi shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi. Beshinchi davr - o'spirinlik betakror xislati, o'ziga xosligi, boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, o'spirinlik davrida shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qatiyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati rolini kechiktirishning o'zgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko'lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo'lmaydi, shuningdek, rollarda o'zini sinab ko'rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o'spirinlarda o'zini o'zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo'zgatuvchi) jarayonlarni va ularning turli ko'rinishlari namoyon bo'lishi bayon qiladi. Oltinchi davr - Yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida o'rin tutadi. Bundan tashqari, Yoshlik tanxolikni yoqtirish va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi. Ettinchi davr ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
445.57 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
445.57 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: pptx