Yosh davrlarni tabaqalash va yosh inqirozlari

Yosh davrlarni tabaqalash va yosh inqirozlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh davrlarni tabaqalash va yosh inqirozlari - rasmi

Material tavsifi

Yosh davrlarni tabaqalash va yosh inqirozlari Reja: 1. Yosh davrlarni tabaqalash va yosh inqirozlari 2.Geliogyen,Geteroziya,Urbanizatsiya nazariyalari mazmuni. 3.Ijtimoiy sharoitning yaxshilanishi nazariyasi. 4.Shaxs taraqqiyoti qanday davrlarga bo'linadi Bolada sodir bo'ladigan psixik o'sish, o'zgarish real hayotda o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lishi biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan bolada hali etarlicha tajribaning yetishmasligi bo'lsa, ikkinchi tomondan kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish xususiyatlarini to'liq anglab etmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik kechinmalari, holatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi. Bunday nuqtai nazarlardan birida yosh davrining o'zgarmasligi qayd etiladi. Yosh haqidagi bunday tasavvur psixika taraqqiyotini tabiiy biologik jarayon sifatida tushunish bilan bog'liq. Qarama qarshi nuqtai nazarlardan biri yosh tushunchasi umuman rad etiladi. Bunday xollarda taraqqiyot bilish va ko'nikmalarni to'plashdangina iborat deb qaraladi. L.S.Vigotskiy yoshni taraqqiyotning ma'lum davri deb qaragan. Uning fikricha 1 yosh davrdan boshqasiga o'tganda ilgari yosh davrida mavjud bo'lmagan yangi narsa paydo bo'ladi, taraqqiyotning borishi o'zgaradi va qayta quriladi. Yosh xususiyatlari ko'p sharoitlar majmui bilan belgilanadi. Ularga hayotning ma'lum bosqichida bolaga qo'yiladigan talablar sistemasi ham, munosabatlar ham, u egallaydigan faoliyat va bilimlar tipi ham bu bilimlarni o'zlashtirish usullari ham kiradi. Psixologlar tomonidan yosh davrlarning tabaqalashlarning nazariy masalalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta xissa bo'lib qo'shiladi, amaliy va nazariy muammolarning xal qilishda keng qo'llanilmoqda. Keyingi yillarda bolalar va maktab o'quvchilarining jismoniy va psixik rivojlanishida akseleratsiya (lotincha - «tezlanish») hodisasi ro'y bermoqda. Olimlar akseleratsiya hodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini ko'rsatmoqda. 1. Biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlarning va radio to'lqinlarining ta'siri qishloq xo'jaligi va meditsinada o'sish va rivojlanishni, stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo'llanilishi, inson ozuqasida hayvon oqsil moddalari miqdorining oshishi. 2. Ijtimoiy sabablari-hayot tipining kuchayishi, hayot tonusining ortishi, televideniya, radio, kino orqali bolaning o'smirlik chog'idan boshlab miyasiga yig'iladigan g'oya ko'p miqdordagi informatsiyalar, ma'lumot oqimining ta'siridan iboratdir. Geliogen nazariya. Ushbu nazariya 1936 yilda chet el olimlari tomonidan yaratilgan bo'lib, uning asosiy mohiyati akseleratsiya hodisasi quyosh nurining bevosita bevosita ta'siri bilan vujudga keladi, degan g'oyadan iboratdir. Bu g'oya tarafdorlarining fikricha, bolalar ko'p vaqt oftobda bo'lishi natijasida ularning o'sishida tezlashish, ya'ni akseleratsiya ro'y beradi, chunki quyosh nuri organizmni zarur elementlar, moddalar, ozuqalar bilan ta'minlaydi. Ammo hozirgi davrda akseleratsiya hodisasi janubiy (quyosh nurlari serob) mamlakatlarda ham, shimoliy geografik kenglikka joylashgan mamlakatlarda ham bir tekis ro'y bermoqda. Ikkinchi tomondan, shahar muhitidagi qizlar va o'g'il bolalar qishloq bolalariga qaraganda tezroq voyaga yetishi ko'rinmoqda, vaholangki, qishloq odamlari quyosh nurida ko'proq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 956.57 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 956.57 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga