YoSh MYeDIA ISTYe'MOLChILARDA AXBOROTGA NISBATAN TANQIDIY FIKRLASh KO'NIKMASI Reja: 1. Media iste'molchimi yoki mediasavodxon iste'molchi? 2. Media mahsulot turlari. 3. Media mahsulotni tahlil qilishda tanqidiy fikrlashning ahamiyati. Media ma'naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim molim yomon, demaydi. Buzg'unchi, jinoyatchi, johillar ham o'z g'oyamahsulotini eng yaxshi buyum, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko'p. Gap odamning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to'g'ri egallashida Yeshlar mediamatnlarni o'qiyotgan, mediamahsulotni tomosha qilayotganda ularni qabul etish, tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda mediamahsulotlarning ijtimoiy, ma'naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning mediamadaniyati qandayligiga bog'liq. Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko mediamadaniyati yuqori kishini mana shunday tasvirlaydi: Uning mediabog'lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo'ladi. O'ziga kerakli axborotni to'g'ri tanlay oladi. Axborotga tanqidiy yondashadi, chunki u medianing zararli ta'sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni o'z filtridan o'tkazib, keyin qabul qiladi. Mediamahsulotdan foydalanishda axloq me'yorlariga amal qiladi. Mediamahsulot yarata oladi». Mediamadaniyat turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisi. Aqlli yigitqizlarning o'z himoya qobig'i, zirhi bo'ladi. Ular media mahsulotlarni o'z «ma'naviy filtri (mafkuraviy immuniteti) orqali ko'ra olishadi, o'qib, tomosha qilishadi. Mediamatnlardagi targ'ibottashviqotni, biryoqlamalikni va buning sabablarini, ma'lumot tarqatuvchining niyatlarini ko'rib turishadi. Bunday mediamadaniyat mediamahsulotlarga tanqidiy yondashuvni belgilab beradi, aldanishlardan asraydi. Media deb ommaviy axborot vositalariga (OAV) aytiladi. OAVning bir qator muhim xususiyatlari borki, ularni etiborga olmasdan OAV faoliyatiga to'g'ri baho berib va uni tashkil etib bo'lmaydi. Fikrimizcha, bu xususiyatlarning ichida eng muhimini taniqli kanadalik olim Maklyuen tushuntirib bergan: media - bu inson hissiyotlarining davomidir. Mazkur g'oya muallifning kitobida yaxshi tushuntirib berilganligi sababli, biz bu masalaga to'xtalmaymiz. Kitobning asosiy xulosasi sifatida shuni aytish zarurki, media, odamning aqlidan ko'ra, hissiyotlariga ko'proq ta'sir qiladi. Maklyuenning mashhur tabiri - vositaning o'zi axborotdir - aynan shu g'oyani tasdiqlovchi ibora. Zamonaviy ommaviy axborot vositalari turli xil formatlarda, jumladan bosma ommaviy axborot vositalari (kitoblar, jurnallar, gazetalar), televizor, filmlar, video o'yinlar, musiqa, mobil telefonlar, turli xil dasturiy ta'minot va Internetni o'z ichiga oladi. Har bir media turi tarkibni, shuningdek, ushbu kontent yetkazib beriladigan qurilma yoki obyektni o'z ichiga oladi. Chop etish vositalari Bosma ommaviy axborot vositalari atamasi bugungi ota-onalar o'sib-ulg'aygan an'anaviy yoki eski moda bosma ommaviy axborot vositalarini, jumladan gazetalar, jurnallar, kitoblar, komikslar yoki grafik romanlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Tarixan, faqat badavlat nashriyotlar bosma materiallarni yaratish uchun zarur bo'lgan murakkab turlarni sozlash texnologiyalaridan foydalanishlari mumkin edi, ammo bu so'nggi yillarda ish stoli nashriyot ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.42 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.42 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: pptx