Yosh psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari Reja: 1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. 2.Yosh davrlar psixologiyasi fanining prinsiplari. 3. Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy vazifalari. 4. Yosh davrlar psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot usullari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o'quvchilar, kattalar, erkAqlar, ayollarning (ontogenezda) tug'ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o'zaro munosabati qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini yer va ayolning jinsiy tafovutlarini shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Psixogenetik Psixoanalitik sotsigenetik biogenetik kangtivistik Inson shaxsini tasdiq qilish YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASINING ASOSIY VAZIFASI Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o'zaro ta'siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma'lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo'lgan 1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolutsiya g'oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o'rganish zarurligi. 2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti harakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o'sishiga biror bir faoliyatning ta'sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e'tirof etish. 3. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug'ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani. 4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o'quvchilari, o'rta va oliy o'quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy ta'minot muassasalari, yetimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani . 5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixo-nevralogiya, psixogigiyena, neyroxirurgiya, sangigiyena bolalar va kattalar patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va hoka'zolar bo'yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi. Yosh davri psixologiyasi fanini o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham bashqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina sotsiologiya kabi fanlarning ahamiyati katta.Yosh davri va diferinsial psixologiya fani dialektikani prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferinsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to'plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o'zgarishi yuzasidan bahs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. MAZKUR FAN sohaSI O'ZINING PREDMETI HAMDA VAZIFASINI UMUMIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY PRINSIPLARI VA QOIDALARIGA TAYANGAN HOLDA BELGILAYDI. Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o'zini-o'zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida o'zgarishlarni kuzatish uchun ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.57 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.57 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: pptx