Yoshlarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari

Yoshlarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yoshlarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yoshlarda ahloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari Kirish……3 I- bob: Yoshlarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini nazariy tahlil etish7 1.1.О'rta Osiyo mutafakkirlarining axloq-odob haqidagi qarashlari……7 1.2.Axloqiy va madaniy malakalar haqidagi tushuncha ……17 II- bob: Yoshlarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishning psixologik omillarini o'rganish……27 2.1.Oilada axloqiy tarbiya va madaniy malakalarni shakllantirish27 2.2. Yoshlarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda xalq milliy urf-odatlarining va an'analarning roli……46 2.3. Shaxsni axloqiy jihatdan tarbiyalashda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi……54 Xulosa ……61 Foydalanilgan adabiyotlar rо'yxati……65 K i r i sh Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bо'lgan ma'naviyatga bog'liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida О'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning о'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlikdir. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi О'zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri ham jamiyatda ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma'naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg'or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g'oyalari tashkil etadi. Ma'naviy-axloqiy qadriyatlar sohasida ijobiy yechimni ta'minlash uchun zarur bо'lgan asosiy vazifalarni kо'rsatar ekan, О'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta'kidlaydi: Bu sohadagi asosiy vazifamiz - milliy qadriyatlarimizni tiklash, о'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi о'rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kо'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. YA'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat. Mavzuning dolzarbligi: О'zbekistonda istiqlol tufayli yoshlarni milliy ruhda axloqli-odobli qilib tarbiyalash masalasiga bо'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Chunki ma'naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, о'z Vatanining sodiq fuqarosi hisoblanadi. U о'z davlati qonunlarini biladi va ularga amal qiladi, yurti bilan g'ururlana oladi, о'z Vatani boyliklarini saqlaydi, uni yanada boyitadi, gо'zalliklaridan bahramand bо'ladi, har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydi. Mamlakatimiz erishgan istiqlolni mustahkamlashda va uni yanada rivojlantirishda ma'naviy sog'lom avlodni voyaga yetkazish va ularda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor shakllantirish bugungi kunning eng dolzab masalalaridan biridir. Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga kо'ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, о'z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog'liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy meyor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 144.43 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 144.43 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga