Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari. Nizolarni hal etish madaniyati. Nizo sharoitida psixologik zo'riqishni yo'qotish usullari Necha yoshdan turmush qurish kerak? Dalillarga asoslangan tibbiyot xulosalari bo'yicha oila qurish uchun eng qulay davr qizlar uchun 20-22 yosh, yigitlar uchun 24-26 yosh va ularning yoshlari orasidagi farq 3-6 yoshgacha bo'lgani maqul. Avvalo yigit va qizlarimiz turmush qurishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishlari lozim. Nikohdan avvalgi tibbiy ko'rik Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish Nizomi to'g'risida»gi 365-sonli qarori asosida nikohlanuvchi shaxslar FHDYo bo'limiga ariza berganlaridan so'ng, quyidagi kasalliklarni aniqlash uchun tekshiruvlardan o'tadilar: 1. Ruhiy kasalliklar; 2. Giyohvandlik ; 3. Sil kasalligi ; 4. Jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar ; 5. OIV OITS kasalliklari; Tibbiy ko'rikdan o'tgandan keyin, nikoh tuzilishiga to'siq bo'lmagan taqdirda, FHDYo idoralari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tibbiy ko'rikdan sog'lom deb topilgandan so'ng, nikoh qayd etilib, sog'lom va baxtli oila barpo etish uchun qadam tashlanadi. Homilador bo'lishning eng qulay davri: Ayollar uchun farzand ko'rishning eng qulay davri 20-30 yosh oralig'i hisoblanadi. Homiladorlik muddati to'qqiz oy davom etadi. Homiladorlik davrida tibbiy kuzatuv olib boriladi. Tibbiy kuzatuvlar ayol va bo'lajak farzandini homiladorlik va undan keyingi davrda sog' - salomat bo'lishlarini ta'minlaydi. Qiz bolalar 18 yoshgacha homilador bo'lishi mumkin emas, chunki uning tanasi ona bo'lishga tayyor emas. Agar ayol 18 yoshgacha homilador bo'lib qolsa, bu uning va homilaning salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tug'ruq orasidagi interval: Tug'ruq oralig'ini saqlash - bu tug'ruqdan keyin ona salomatligini to'la tiklab olishi uchun zarur bo'lgan muddatdir. Tug'ruqlar oralig'i kamida 3 yil bo'lishi kerak. Erta turmush qurish oqibatida quyidagi muammolarga duch keladilar: Erta turmush qurish oqibatida qiz bolalar o'z mustaqilliklari va erkinliklaridan cheklanadilar. Erta turmush qurish oqibatida oilada mavjud bo'ladigan muammolar yechimini to'g'ri va maqsadli hal etishda qiynaladilar. Oilaviy nizolar dinamikasi 1 yo'nalish. Oilaviy ziddiyatlarni ijobiy hal etish yo'lidan borish 1 bosqich - turli sabablarga ko'ra oila a'zolarining u yoki bu ehtiyojlari qondirilmadi; 2 bosqich - ikki oila azosi munosabatlarida zo'riqish paydo bo'ldi hamda bu munosabatlarga boshqalar qo'shildi; 3 bosqich - oilaviy qiyinchiliklar eng yuqori darajada namoyon bo'lmoqda; 4 bosqich - oilaviy qiyinchiliklar, yuzaga kelgan vaziyat ochiq muxokama qilinadi, ularni bartaraf etish yo'li izlanadi; 5 bosqich - psixologik yordamga muhtojlikni tan olish, biron uslubni tanlash va oilaviy qiyinchiliklarni engib o'tish. Oilaviy nizolar dinamikasi 2 yo'nalish. Oiladagi ziddiyatlarni negativ yo'ldan borishi yanada kuchli nizolarga olib keladi 1 bosqich - turli sabablarga ko'ra oila a'zolarining u yoki bu ehtiyojlari qondirilmadi; 2 bosqich - ikki oila ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.35 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.35 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: pptx