Yoshlarni oilayiy hayotga tayorlash REJA: 1.Nikohga yetuklik xususiyatlari. 2.Nikoh yoshi xususiyatlari. 3.Nikoh qurish motivlari xususiyatlari. 4.Oilaviy hayot haqida tasavvurlar. Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo'lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to'g'ri va mustahkam qo'yilishiga bog'liq,. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo'lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko'rkam, yorug', unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag'ishlaydigan bo'ladi. Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo'lmaganidek, sizning qurajak oilangizning ham o'ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo'lgan nikoh oldi omillaridir. Nikohga yetuklik tushunchasi ham o'z navbatida o'ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma'naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho'qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamning u yoki bu faoliyatga «to'la yetukligi» haqida gapiriladigan bo'linsa, demak bu uning ma'lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda «yetuklik» tushunchasi tom ma'noda o'rinli bo'la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa, nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma'lum bir umumqabulqilingan standart, o'rtacha me'yor, ma'lum bir shartli «o'lchov birligi», ko'rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. Nikoh oldi omillari qatoriga oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy hayotga yetukligi; ularning oila qurish motivlari; oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari; o'zlarining bo'lg'usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning har biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo'lishi mumkin, shu bilan birga ularning har biri o'z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi. Masalan, nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy. huquqiy. iqtisodiy. ma'naviy-axloqiy. psixologik kabi yetuklik jihatlarini tushunish mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko'rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega ekanligi haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko'plab ma'lumotlar berilgan bo'lsa, iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat'iy bir ko'rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Masalan, odamning jinsiy yetukligi o'ziga xos omillarga ega. Klinik kuzatishlar ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog'atga yetish) 12-14 yoshgacha, o'g'il bolalarda esa 14-16 yoshga to'g'ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba'zi bir bolalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq ro'y berishi mumkin. Bu ko'rsatkichlar ± 2 yoshga farq qilishi mumkin. Ayrim tibbiyot olimlari bolalarning to'la jinsiy yetilishlari uchun yana 2-3 yil kerak bo'ladi, deb hisoblaydilar. Jinsiy yetilish qat'iy jinsiy ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi jinsiy alomatlar namoyon bo'la boshlaydi. Jinsiy sekretsiya bezlarining faolligi ortadi. Qiz bolalarda oylik ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.2 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.2 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc