Yoshlik davri inqirozi Reja: Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davrida ijtimoiy faollik. Yangi ijtimoiy mavqega erishish va kasbiy o'zini-o'zi anglash. Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko'rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o'zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma'lumotni chet el psixologlari Fulde, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B. G. Ananev o'zining ilmiy- tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o'zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiqlik paydo bo'lishidan metobolizm - modda almashinuvigacha), hatto shaxsning xususiyatigacha bo'lgan holatlarni o'z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma'lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko'rsatib o'tadi. Ko'zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o'zgarishini tadqiq qilgan S.V. Kravkov sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta'kidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional darajasining oshishi 23-27 yoshdagi yigit va qizlarda 44 foiz, funksional holatining barqarorlashuvi 19,8 foiz, funksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu ma'lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o'sish jihatlarining o'zaro munosabati har xil kechishini ko'rsatib turibdi. Yu.N. Kropotkin katta kishilarning diqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda o'rgangan. Yu.N. Kulyutkin o'z tadqiqotida 0-130 shkalagacha oraliqni tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira, tafakkur 102,5 ballga tengligini, 26-29 yoshlarda esa diqqat 102,8, xotira 97,0, tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.Shevchuk voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq qilib, 11-20 yoshlar oralig'ida u 12,5 foiz, 21-30 yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy mahsuli dinamikasini o'rgangan Z.F.Yesareva uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil qilishini ko'rsatib o'tadi. Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o'rgangan V.Shevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishishning eng yuqori cho'qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45,4 foizida bo'lishini ma'lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 yoshda 3 foizga teng bo'ladi. Kishilarda ko'rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o'rgangan JI.H.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 18-35 yoshlardagi Xaydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo'yicha normadan kam bo'lishini ta'kidlaydilar. 23-28 yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o'zgarishi, takomillashuvi: ko'rish maydonining ko'lami, kuz bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o'zgarmasligining o'sishi boshqa faoliyat va ko'rish ta'sirchanligi, qisqa muddatli ko'rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo'ladi: 22-25 yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va atgensional ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.19 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.19 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc