Yoshlik davri va uning o'ziga xos psixologik xususiyatlari

Yoshlik davri va uning o'ziga xos psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yoshlik davri va uning o'ziga xos psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yoshlik davri va uning o'ziga xos psixologik xususiyatlari Reja: Yoshlik ijtimoiy - tarixiy kategoriya sifatida. Yosh chegaralari. Yoshlik davrida shaxs rivojlanishi. Hayot mazmunini mo'ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo'lishi. Yoshlik davri 23-28 yoshlarda bo'lib, bu davrning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a'zolarining xususiyatiga moslashish (ko'nikish) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o'z o'rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o'zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi - 3 yildan 8 yilgacha - ish staji nazarda tutiladi) yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko'rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko'rsatish. Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bulsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o'rtasida yosh jihatdan tafovut mavjud bo'ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o'z mehnat faoliyatini oliy ma'lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o'tishlari shart. Hozirgi mutaxassislarning ko'pchiligi o'quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko'nikmalar o'rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o'z mohiyatiga ko'ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undash kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma'naviyati, an'analari va xokazo; b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o'quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog'liq o'ziga xos qiyinchiliklar; ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy yuklamaning bo'shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to'la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni yengish davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o'zgarishlari ro'y beradi. Psixofiziolog P.P. Lazarevning fikricha, eshitish, ko'rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o'zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma'lumotni chet el psixologlari Fulde, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B. G. Ananev o'zining ilmiy-tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o'zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funksiyalar) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.44 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.44 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga