Yuridik tashkilot xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi MUNDARIJA KIRISH……3-4 I.BOB. Ichki ishlar xodimlari psixologiyasi haqida tushuncha……5-9 1.1 Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi……10-12 1.2 Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining bilish faoliyatiga psixologik tavsif……13-35 1.3 Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o'rni……36-46 II. BOB. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy muomalasining psixologik asoslari…….47-51 2.1 Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik aloqa o'rnatish usullari……52-55 2.2 Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida ziddiyatlarning paydo bo'lish sabablari…….56-61 2.3 Ichki ishlar organlar xodimlari faoliyatida ziddiyatlarni bartaraf etish yo'llari……62-69 II. BOB. Ichki ishlar idoralari xodimlarini yuridik psixologiya tizimida tutgan o'rni…….…….70-75 3.1 Kasbiy psixologiyaning qonuniyatlari, metodlari va prinsiplari haqida tushuncha….……76-96 Xulosa va tavsiyalar…….97-101 Foydalanilgan adabiyotlar……102 K I R I SH Ichki ishlar idoralari xodimi fuqarolarning xavfsizligi, tinchligi, haq-huquqi va erkinliklarini ta'minlashga mas'ul bo'lgan davlat xizmatchisi hisoblanadi. Ana shu mas'uliyat xodimdan birinchi navbatda o'z kasbining bilimdoni, ustasi bo'lishni talab qiladi. O'z kasbining bilimdoni bo'lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo'ladi. Bu esa har bir ichki ishlar idorasi xodimidan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo'lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu haqda O'zbekiston Respublikasi Биринчи Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o'rganish - hayotni, insonni o'rganish degani. Kerak bo'lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo'lib, odamlarga ko'rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o'rganish kerak»1, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o'zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag'ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo'ladi. Ana shu holatlar-ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma'naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in'ikos etuvchi murakkab jarayon bo'lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg'unligining mahsuli hisoblanadi Xo'sh, psixika nima? Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o'zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o'z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o'tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan. Psixikaning asosiy vazifalari - aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir. Uning namoyon bo'lish shakllari va ularning o'zaro bog'liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
281.56 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
281.56 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:15 ]
Arxiv ichida: doc