Yetuklik davri Reja: Yetuklik davrining umumpsixologik tavsifnomasi. Yosh chegaralari. Yoshdan yoshga o'tishdagi muammolar. Yetuklik psixologik bosqich sifatida Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi: ilk yetuklik (yoshlik); o'rta yetuklik; yetuklik (qarilik va keksayish). Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivojlanish jarayonining ko'p qirraliligini hisobga olgan holda yetuklikning ko'pgina belgilarini ajratish mumkin: jismoniy o'sish bilan kamroq, ko'proq kognitiv takomillashish bilan bog'langan rivojlanishning yangi xarakteri; yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez moslashish; tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o'zi uchun mas'uliyatni his qilish; xarakterning ayrim xislatlari (qat'iylik, umidvorlik, vijdonlilik, hamdardlik bildirish va boshqalar). «Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tushunchalar emas. Yetuklik - hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «аktе» deb atashgan, «cho'qqi», oliy bosqich, gullagan davr degan ma'no- larni anglatadi. Gumanistik psixologiyada (A. Maslou, G. Olport, K. Rodjers va b.) yetuk shaxsning o'z-o'zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o'z-o'zini namoyon qiladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegaralanib qolmaydi, haqiqat, go'zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlarga intiladi. Ular o'z faoliyatlarida yuksak cho'qqilarga intiladilar. O'z-o'zini namoyon qilish uchun o'z ustida tinmay ishlashni talab qiladigan jarayondir. G. Olportning ta'kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasining funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikricha, o'z-o'zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega bo'ladi: tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan; В) boshqalarga nisbatan g'amxo'rlik (hamdardlik, hurmat, chidamlilik); emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish (o'zini nazorat qilish, o'zini qabul qilish); borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik; o'z-o'zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko'chirish; «hayot falsafasi», tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va individual xatti-harakatlarga ma'no beradi. Yetuklikni davrlashtirish muammosi Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bo'lib davrlashtirgan Sh.Byuler o'z-o'zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning beshta bosqichini ajratgan: Birinchi bosqich (16-20 yosh) shaxsiy o'z-o'zini belgilashdan oldin keladi. Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) - urinib ko'rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yo'ldosh va b.). Bu davrda hayotiy maqsadlar noreal bo'lib, o'zgarib turadi. Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan 45-50 yoshgacha) - yetuklik davri: inson hayotda o'z o'rnini topadi, oila quradi. 40 yoshlarda shaxs o'zining hayotda erishgan natijalariga qarab o'zini ba- holay boshlaydi. To'rtinchi bosqich (45-50 yoshdan 65-70 yoshgacha) - qar- tayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo'yish va faol o'z-o'zini belgilashning yo'qolishi. Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) - qari inson: o'tmishni eslash va tinchlikni xohlash. Mashhur gollandiyalik psixolog ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.71 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.71 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc