Yyetuklik davridagi inqirozlar

Yyetuklik davridagi inqirozlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Yyetuklik davridagi inqirozlar - rasmi

Material tavsifi

yetuklik davridagi inqirozlar Reja: yetuklik davridagi inqiroz. yetuk shaxs tavsifnomasi. Tanlangan kasbiy faoliyat sohasida o'zini-o'zi faollashtirish. yetuklik davrida mas'uliyat va yetuklik davrida ijtimoiy faollik sohasini kengayishi. G'arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o'rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir. Ko'proq shaxsiy o'sishlar ro'y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atrofida (28-34), 40-45, 55-60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog'liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o'sishga va o'z-o'zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sharoitlar sirasiga sog'liqning to'satdan o'zgarishi (kutilmagan kasallik, uzoq kasallanish, garmonal o'zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning o'zgarishi va b.) kirishi mumkin. Kritik davrning kechishi turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Bu davrning «inqirozliligi» haqidagi tasavvurga barcha taaqiqotchilar ham qo'shilmaydilar. Inson hayotining «ikkinchi yarmiga» K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o'rtasini u «ruhning chuqur va qiziqarli o'zgarishlari» ro'y beradigan kritik davr sifatida qaragan. yetuklik davrida inson ichki o'z-o'zini anglashi, K.Yungning ta'biri bilan aytganda «individualizatsiyani» amalga oshirishi zarur. Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining muvozanati va integratsiyasi yordamida o'z shaxsining yuksak rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi. D. Levinsonning kattalar hayotini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlari qiziqish uyg'otadi. U 35-45 yoshdagi 40 nafar amerikalik erkaklarni o'rgangan, ularning nar biri bilan 15 soatlik biografik intervyu o'tkazgan hamda mashhur shaxslarning biografiyalarini o'rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 20 yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir era davomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson quyidagi o'tish davrlarini ajratgan: ilk yetuklik - 17-22 yosh; 30 yoshlarga o'tish - 28-33 yosh; o'rta yetuklik - 40-45 yosh; 50 yoshlarga o'tish - 50-55 yosh: kechki yetuklikka o'tish - 60-65 yosh; yetuklik davriga kirishning boshlanishi - 17-33 yoshlarga to'g'ri keladi. To'liq yetuk bo'lish uchun yosh erkak rivojlanish jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak: orzuga erishish va reallik haqida o'ylab ko'rish: asossiz fantaziyalar va umuman erishib bo'lmaydigan maqsadlar, shuningdek, orzuning umuman yo'qligi o'sishga imkon bermaydi; ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi munosabatiga o'tishni amalga oshirish uchun ustoz topish; o'zining karyerasini qurish; «o'ziga xos ayol» bilan intim aloqalarni o'rnatish, bu ayol unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, uning bog'liq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chidaydi, orzulari amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi. Levinsonning fikricha, o'tish davrlarida inson stresslarni boshdan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi. Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning tadqiotlaridan ilhomlanib, shunday izlanishlarni ayollarda o'tkazadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga