Mavzu: yetuklik davrining psixologik xususiyatlari Reja: 1.Yoshlik davri va uning o'ziga xos xususiyatlari. 2.yetuklik davrining birinchida bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari. 3.yetuklik davrining ikkinchi bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari. Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo'lib, bu davr o'ziga xos bo'lib, o'ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir.Yunon falsafasida Akmedeb nomlanadi. Yunon falsafasiga ko'ra Akme U so'zma-so'z tarjima qilinganda inson hayotining eng yuqori qismi degan ma'noni bildiradi. yetuklik insonning ma'naviy, intelektual va jismoniy qobilyatlarining eng yuqori darajasiga ko'tarilgan paytga to'g'ri keladi. yetukLIK Bu ontogenezning eng uzoq davom etuvchi davri bo'lib, 25 yoshdan 55-60 yoshgacha davrni qamrab oladi. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi: 1. Mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a'zolarining xususiyatiga moslashish (ko'nikma) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari (ta'hminan 1 yildan 3 yilgacha) jamoada o'z o'rnini topish va qadr qimmatga erishish; 2. Mutaxassis sifatida o'zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik mahoratini egallash; 3. Mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko'rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko'rsatish. Hozirgi mutaxassislarning ko'pchiligi o'quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko'nikmalar o'rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o'z mohiyatiga ko'ra 3 xildir: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma'naviyati, an'analari va xakazo; b) bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o'quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog'liq o'ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko'nikmaning bo'shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to'la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish. Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko'rish, periferik va kinesttetik sezgirlikning o'zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma'lumotni chet el psixologlari Ful'ds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik mexanizm; 1.mehnat jamoasi, 2.oila mikro muhiti 3.norasmiy ulfatlar ta'sir ko'rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma'naviyat olami, berqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an'analar va odatlar yangi a'zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o'zgarishni vujudga keltirish mumkin. Mazkur ta'sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai-nazar yo'qolishi mumkin. Mehnat jamoasiga yangi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: pptx