Zamonaviy oilada er - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning etnopsixologik aspektlari

Zamonaviy oilada er - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning etnopsixologik aspektlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Zamonaviy oilada er - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning etnopsixologik aspektlari - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy oilada yer- xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning etnopsixologik aspektlari M u n d a r i j a Kirish …… I-Bob. Oilada yer-xotin munosabatlarining o'zaro muvofiqligini psixologiya fanida o'rganilganligi 1.1 Oilada yer - xotin munosabatlarining o'ziga xos jihatlari haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari 1.2. Oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirish muammosining chet el psixologiyasida tadqiq etilishi 1.3. Oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning o'zbek psixologlari tomonidan tahlil qilinishi Birinchi bob bo'yicha xulosalar. II-Bob. Oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning etnopsixolgik aspektlari 2.1.Hozirgi zamon oilalarida yer-xotin munosabatlariga xos inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 2.2.Zamonaviy oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari Ikkinchi bob bo'yicha xulosalar. II.Bob. Zamonaviy oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning istiqbollari Zamonaviy oilada yer - xotin munosabatlarini gumanizatsiyalash imkoniyatlari Zamonaviy oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning etnopsixologik aspektlari Zamonaviy oilada yer - xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning istiqbollari Uchinchi bob bo'yicha xulosalar. Xulosalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko'rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta'minlashdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati haqida gapirib: Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanini tan olishimiz darkor (6;400), degan edilar. Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o'zbek xalqining qadriyatlari va ma'naviy merosi ravnakini taminlovchi tarbiya maskanidir. Halollik, rostgo'ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan (6;401). Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o'zaro munosabatlari majmui bo'lib hisoblanadi. Oila haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalo ko'z o'ngimizda ona siymosi shakllanadi Oila muqaddasligini taminlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir (6; 401). Ota-onalar munosabatlarida namoyon bo'luvchi o'zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o'zaro munosabatlarida uyg'unlasha borib, oilada o'zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to'g'ri yo'l-yo'riqlarini ko'rsatadi. Yosh avlodning ma'naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi(163). Tarixiy ma'lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko'rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o'zbek xalqining og'zaki ijodi durdonalarida, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.5 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.5 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga