Abu Ali Ibn Sino asarlarida psixologik g'oyalar

Abu Ali Ibn Sino asarlarida psixologik g'oyalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Abu Ali Ibn Sino asarlarida psixologik g'oyalar - rasmi

Material tavsifi

Abu Ali Ibn Sino asarlarida psixologik g'oyalar Reja 1.Sezgi organlarining bilishdagi o'rni. 3. Tasavvur haqida 2. Aqliy tarbiya haqida Abu Ali Ibn Sino buyuk mutafakkir olim. Forobiy Beruniy kabi O'rta Osiyo olimlari safida. Ibn Sinoning boy falsafiy merosiga nazar tashlab, uni o'rganar ekanmiz, Ibn Sino dunyoqarashining naqadar murakkab va teranligining guvohi bo'lamiz. Uning boy falasafiy merosi har doim barcha olimlarning nazarini o'ziga jalb qilib kelgan. Ibn Sino dunyoni bilishda materialistik pozitsiyada turgan. Tajribaviy bilish tabiatni bilishning boshlang'ich yo'lidir, hissiy bilish sezgilarimiz orqali bilishdir. Ibn Sino sezgi organlarining bilishdagi rolini har tomonlama va chuqur o'rganadi hamda tahlil qiladi. U kishiga ta'sir etuvchi narsa va hodislar avvlo sezgilarimiz orqali bilinadi, yani tashqi olamdagi mavjud narsa va hodislar bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etgach biz uni qabullaymiz. Ibn Sino fikricha sezgilar ikki turga bo'linadi: tashq va ichki sezgilar Tashqi sezgilar turkumiga besh sezgi azosi kiradi. Bular quyidagilar: ko'rish, eshitish, hid bilish, maza teri sezgilaridir. Har qaysi sezgilar o'z xususiyatlari, mohiyati va vazifasi bilan farq qiladi hamda har bir sezgi o'z ahamiyatiga egadir. Sezgilarning o'z xususiyatlari, ahamiyati ustida to'xtalar ekan bularni bir-birisiz tasavvur qilish ulardan bir-biridan ajratib qo'yish noto'g'ri ekanligini takidlaydi. Ibn Sino fikricha mana shu sezgilarning barchasi miya orqali bajarilib boriladi. Sezgilarning boshlanish o'rni miya bo'lib har qaysi his sezgi uchun uning ta'siri paydo bo'ladi. Ibn Sino bunga misol qilib ko'rish markazini oldi. Ibn Sino takidlashicha «ko'rish markazi miyaning ensa qismiga joylashgan bo'lib, bosh miyaning o'ng tomonidan keladigan nervlar ko'z qorachig'ining chap tomoniga chap tomondan keluvchi nervlar esa o'ng tomonidan keluvchi nervlar esa o'ng tomoniga taralgandir». Ibn Sino ichki sezuvchi nervlarga: umumiy nervni, ko'zda tutuvchi nervni, tasviriy nervni, yodga oluvchi nervni va fikrlovich nervlarni kiritadi. Inson ruhiy quvvatlarini ham Ibn Sino ikki turga ajratadi. Inson sezgisi narsa va hodislarning obyektiv sifatlari qanday bo'lsa o'sha xolicha aks ettiradi. Ibn Sino moddiy narsalarning obyektiv ravishda inson ongidan tashqarida mavjudligini takidlaydi. Moddiy narsalar insoning sezgi organlariga ta'sir qiladi, bunda sezgi uyg'otadi va barcha ta'sir qiluvchi narsalarning obyektiv sifatlari obrazlari ongimizda aks ettiradi. Ibn Sino fikricha sezish nerv miyaning old qismida fikrni biror narsaga jalb qilish o'rta qismida, xotir esa miyaning orqa qismida joylashgandir. «Mana shu taqsimlash deb yozgan edi olim Asmus,- o'rta asrdagi birinchi urinishidir qaysiki bu urinish sezgi protsessining abstrakt tafakkur va eslab qolishning moddiy strukturasini tuzishga urinishdir. Bu xali materializm emasdir, ammo ruhiy holatini tushuntirib berishdagi materialistik tushunchadir». Azarbayjonlik psixolog A.K.Zakuev Ibn Sinoning bilishda asosan sezgiga alohida etibor berganligini va bu masala o'z holicha xal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.62 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.62 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga