Abu Ali Ibn Sino asarlarida tibbiy ruhiy fikrlar Reja 1.Ibn Sinoning tibbiy fikrlari 2.Ibn SinoSharq tibbiyotida unsurlar haqida 3.Ibn Sino quvvatlar va mijozlar haqida. Ibn Sinoning tibbiyot, uning mohiyati va vazifalari haqidagi ilmiy-nazariy fikrlari asosan o'zi yashagan o'rta asrlar fani darajasida bo'lgan. Lekin u o'zining o'tkir zehni va chuqur bilimi bilan o'sha davrdagi ko'p olimlardan ancha yuqori turadi. Ibn Sino tibbiyot fanining mohiyati va vazifalarini boshqalardan ko'ra chuqurroq va kengroq tasavvur qilgan. O'rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ilm-fan G'arbiy Ovrupoga nisbatan katta natijalarga erishgan edi. Ko'pgina ko'zga ko'ringan hakimlar tibbiyot va uning mohiyati masalasida kuzatilgan va tajribaga asoslanmay, ko'prok bu haqdagi abstrakt falsafiy fikrlar va subyektiv tasavvurlarga asoslanardilar. Ibn Sinonint tibbiy qarashlari shunday qarama-qarshiliklar sharoitida shakllanadi. Shuning uchun uning tibbiy fikrlarida ham bazan qarama-qarshiliklar kuzga tashlanib turadi. Abu Ali ibn Sinoning tibbiy fikrlari uning tibbiyotga oid asarlarida, xususan, mashhur «Tib qonunlari kitobi»da o'z ifodasnni topgap. Biz Ibn Sinoning tibbiy fikrlarini bayon etishda shu kitobi asos qilib Ibn Sino tibbiyot, uning mohiyati va vazifalarni haqida so'z yuritib, avvalo, tibbiyotning o'zi qanday fan va uning vazifasi nimadan iborat, degan masalaga to'xtaladi. Ibn Sino tib ilmiga shunday ta'rif borgan: «Tib shunday bir ilmki, u bilan odam gavdasining ahvoli sog'liq va kasalik jihatidan o'rganilib, uning mavjud sog'lig'i saqlanadi va yo'qotilgani tiklanadi». Ibn Sinoning bu ta'rifida bir juda muhim fikr bor. U salomatliknn saqlah masalasini birinchi o'ringa qo'ygan. Demak Ibn Sinoning tushunishicha, tibbiyotning asosiy vazifasi kishilar sog'lig'ini saqlash dan iborat. Bu fikr yuksak darajada rivojlangan hozirgi zamon tibbiyotining asosiy qoidasiga tamomila mos keladi. Ibn Sino o'zinng bu fikri bilan o'sha zamondagi ko'pchilik tibbiyot namoyandalarining funksiyalaridan ancha ilgarilab ketgan edi. Ibn Sino tibbiyotning vazifasi salomatlikni saqlashdai iborat degan fikrni boshqa asarlarida ham ko'p marta takidlaydi. Masalan, nazm bilan so'zlagan «Urjuza fi-t-tib» («Tibbiy urjuza») kitobida bu fikrni qisqa va ixcham qilib, «Tibbiyot-sog'liqni saqlash va kasallikni tuzatishdan iborat Fan dir», deb yozgan. «Urjuza fi-t-tib» mazmun va hajm jihatdan «Tib qonunlari»dan so'ng ikkinchi o'rinda turuvchi katta sheriy asardir. Ibn Sinoning o'zi bu kitob haqida so'zlab, mazkur asar barcha nazariy va amaliy tibbiyotni o'z ichiga olgan. Unda men tib ilmi bo'yicha hamma bilimimni sherda ifoda etganman, deb yozgan. Ibn Sino tibbiyotning mohiyati haqida o'z fikrini davom ettirib yozadi: «Tib - odam gavdasining sog'lig'i va kasallanishini o'rganadi. Har bir narsani bilish u narsaning sababini o'rganish orqali hosil bo'ladi va kamolatga etadi. Shuning uchun tibda sog'liq va kasallikning sabablarini bilish kerak. Sog'liq, kasallik va ularning sabablarn goho ochiq, goho maxfiy bo'lib, unga his bilan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.63 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.63 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc