ABU NASR FAROBIYNING PSIXOLOGIK QARAShLARI Reja 1. Farobiy inson va insonning ruhiy jarayonlari to'g'risidagi 2. Tafakkur va nutq haqida 3.Tafakkurning o'ziga xos xususiyatlari haqida 4. Farobiyning Fozil kishilar shahri asaridagi psixologik g'oyalar. ADABIYoTLAR 1.M.Xayrullaev Farobiy ruhiy protsesslar va ta'lim tarbiya to'g'risida 2.Xoshimov K va b. Pedagogika tarixi 3. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi 9-kitob Farobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta'limoti, yani psixologiya ilmining rivojlanishiga qo'shgan hissalari uning falsafiy ta'limoti bilan uzviy bog'langan. Farobiy ta'limoticha, to'rt element olov, tuproq, suv, havo yani sodda substansiyalarning o'zaro aralashuvi, qo'shiluvi jarayonida murakkab substansiyalar vujudga keladi. Murakkab substansiyalarning shakllanishi ham o'zining malum tartibiga, qonuniyatiga egadir. Sodda substansiyaning birlashuvidan avvlo minerallar, yani neorganik jismlar vujudga keladi, so'ng esa o'simlik olami tashkil topadi. O'simliklar olami minerallardan farq qilib, o'sish, ulg'ayish qobiliyatiga egadir. O'simliklardan so'ng hayvonlar vujudga keladi. Hayovonlar harakat qilish, bir joydan ikkinchi joyga o'tish, ko'payish va sezish qobiliyatiga ega. Olam jismlari rivojlanishining oliy bosqichi insonning vujudga kelishidir. Inson barcha boshqa jismlar ega bo'lgan xislatlarga egadir, lekin u boshqa jismlarda bo'lmagan qobiliyat va kuchga, yani aql va so'zlash qobiliyatiga egaki, bu kuch uni tabiatning boshqa jismlaridan ajratib turadi va unga tabiat ustidan hokim bo'lish imkoniyatini beradi. Farobiy o'simlik, hayvon va insonga oid bo'lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir butun holda quvvat deb atab, uni o'sish quvvati, hayvoniy quvvat va insoniy quvvat deb uchga ajratadi. Hozirgi ilmiy terminalogiya bo'yicha, Farobiyning quvvatlar haqidagi klassifikatsiyasini organizmdagi jarayonlarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash jarayonlariga ajratish deb tushunish lozim. Bilogik jarayon barcha tirik organizmga, fiziologik-psixik jarayon- hayvonlarga, aqliy intellektual jarayon, ong -faqat insonlargagina xosdir. Farobiyning inson va insonning ruhiy jarayonlari to'g'risidagi fikrlari uning dunyoqarashi sistemasida diqqatga sazovor bo'lgan progressiv fikrlardandir. U insondagi ruhiy jarayonlarni sanab o'tish bilangina chegaralanmay, balki bu jarayonlarning kelib chiqishi, tartibi, har birining roli to'g'risida ham mulohaza yuritdi, inson ruhiy quvvatlari- psixik jarayonlari uning asarlarida anchagina keng yoritiladi. Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi fikrlari Fozil odamlar shahri , Masalalar mohiyati, Falsafiy savollar va ularga javoblar, Jism va aktsidensiyalarning shakllarga qarab bo'linishi, Sharhlardan, Hikmat manolari, Aql manolari to'g'risida kabi qator asarlarida bayon etilgan. Farobiy o'zining psixologik ta'limotida O'rta Osiyo, Eron, Hindiston va Qadimgi Gretsiyaning tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida, xususan meditsina sohasida erishgan yutuqlariga asoslanadi. Farobiy odam organizmini biologik jihatdan tahlil qilish bilan kifoyalanmay, uning psixikasini tahlil etishga ham o'z asarlarida ko'p etibor berdi. Farobiy insonning psixik jihatidan boshqa hayvonlardan tubdan farq qilishini, asosan, to'g'ri tushunib etdi. Bu jihatdan uning Jismlar va aktsidensiyalarning boshlang'ichlar haqida nomli risolasida bayon qilingan quyidagi fikrlari xarakterlidir: Odamzod boshlang'ichdan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.6 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.6 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc