ABU RAYXON BYeRUNIY ASARLARIDA PSIXOLOGIK G'OYaLAR Reja 1.Beruniy ruh va ruhiyat masalalari haqida 2.Beruniy inson tafakkuri haqida. 3. Beruniy tafakkur qilish jarayonlari haqida ADABIYoTLAR Raximov S, To'raqulov E. Abu Rayxon Beruniy ruhiyat va ta'lim tarbiya haqida Xoshimov K va b. Pedagogika tarixi 3. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-kitob Beruniy ruh va ruhiyat masalalariga zo'r qiziqish bilan qaraydi. Buning sababi bor, albatta. Eng avvalo, olim o'zidan oldin o'tgan yunon va Rim, Sharq olimlari, jumladan Muhammad Xorazmiy, Forobiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarini qunt bilan o'rgangan va ruhiyatga doir qarashlarning ahamiyatini tushunib etgan. Qolaversa, insonni o'qitishda va tarbiyalashda odam ruhiyatini bilish zarurligini anglagan. Bulardan tashqari insonlar bilan o'zaro munosabatlarda ruhiy jarayonlarni bilish lozim ekanligini yaxshi tushungan. Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va odamlarga xos deb bildi. Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli, inson mantiiqiy fikrlashga, mantiiqiy xulosalar chiqarishga qodir, odamda aktiv asab xizmatlari mavjud deb ko'rsatadi. Beruniy ruhiyat qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik faylasuf sifatida talqin etgan. Uning «Hindiston», «Mineralogiya» («Kitob-ul javoxir-fi-ma'rifat - ul javoxir»), («Xislar bilan seziladigan va aql bilan bilinadigan bir kitobning tarjimasi») «Umrni anqlashda xindlar tutgan yo'lning hikoyasi haqida», «Atrafxim» («Mu-najjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar») degan kitob va risolalarida o'zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning bazi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko'p, g'oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud. Albatta, olim ruhiyat masalalarini alohida to'plab yozgan emas, bu masalalar uning asarlarida sochma holda uchraydi. Olim insondagi ruhiy jarayonlarni, avvalo, tabiatda oliy mavjudot - insonning bilish jarayonini, inson bilimlarini boyitish, ma'rifatli bo'lishidagi roli jihatidan o'rganishga va talqin etishga harakat qildi. Shu sababli uning yuqorida qayd etilgan qator asarlarida, sezgilar va aqliy bilish, o'zini tuta bilish, xotira, tasavvur, diqqat, his va idrok, tuyg'u, qobiliyat, malaka kabi shaxsiy xislatlarni olamni bilish jarayonlari bilan bog'lik, holda ko'rsatadi. Abu Rayxon Beruniy o'z qarashlari bilan Xorazmiy, Farobiy, Farg'oniylar ishlab chiqqan ruhiyat metodlarini yanada boyitdi, ijodiy rivojlantirdi. Beruniy hayot ko'rinishlarini rostgo'ylik bilan aniq ko'rsatib, ilmiy xulosalar chiqarib, yozdi: «Voqelikda biror narsani kuzatish mumkin bo'lmagan taqdirda, uni u yoki bu holatda tasavvur qilish mumkin bo'lmasa kerak. Ammo barcha qismlarni bir butuniga tasavvur qilish, garchi u butunligicha odatdagi hayotda uchramasligi ham mumkindir». Demak, ayrim qismlar hayotda mavjud bo'lsa, ularni fikran yig'ib, bir butun holda ko'z oldiga keltirish mumkin. Lekin hayotda umuman yo'q narsani tasavvur qilish mumkin emas. Mutafakkir olim o'z oldiga ham, ilm oluvchilar oldiga ham shu talabni qo'ydi. Beruniy olamni obyektiv reallik, inson irodasidan tashqarida, mustaqil ravishda mavjud bo'lgan borliq sifatida qaraydi. Beruniy kishi ongi, tafakkuri va ruhiyatini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.87 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.87 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc