Agressiyani susaytirish Biz agressiyaning instinktiv nazariyasini, frustratsiya - agressiya nazariyasini va ijtimoiy o'rganish nazariyalarini ko'rib chiqdik, shuningdek agressiyaning paydo bo'lishiga sabab bo'ladigan omillarni o'rgandik. Shu holatda qanday qilib agressiya darajasini eng past ko'rsatkichga tushirish mumkin? Nazariyalar va tadqiqotchilar agressiyani nazorat qilishning biron bir usulini aniqlab beradimi? Katarsis Yoshlarni o'z asablarini tashqariga chiqarib yuborishga o'rgatish kerak - deb tavsiya qilgan edi Eni Lenders. Agar odam asabdan yorilib ketay deyayotgan bo'lsa, biz klapanni qidirib topishimiz kerak. Biz unga buni chiqarib yuborish imkoniyatini berishimiz kerak - deydi mashxour psixiatr Fris Perlz. har ikkala tasdiq ham gidravlik modelga tayanadi: to'plangan agressiv energiya to'g'ondagi suvga o'xshab beto'xtov tashqariga intiladi. Katarsis konsepsiyasi odatda Aristotelga taalluqli deyishadi. Aslida Aristotelp agressiya haqida hech narsa demagan bo'lsa ham, biz o'zimizni ezayotgan emotsiyalardan ularni ichdan, boshdan kechirib tozalanishimiz mumkin va klassik tragediyalarni mushohada qilish bizga rahmdillik va qo'rquv katarsisi(tozalanish)ni sinab ko'rish imkonini beradi deb yozgan edi. Aristotelp emotsional qo'zghalish emotsional bo'shashishga sabab bo'ladi deb hisoblagan. Keyinchalik katarsis farazi kengaytirilib o'z tarkibiga faqat dramalar yordamida emas, shuningdek o'tmish hodisalarini eslash va yana boshdan kechirish, emotsiyalarni tashqi namoyon qilish va ularni almashtiruvchi harakatlar yordamida erishiladigan emotsional keskinlikni yumshatishni ham oldi. Shu yo'l bilan ortiqcha buni chiqarib tashlaymiz deb hisoblanadi. Agressiv harakatlar va fantaziya organizmdan siqilgan agressiyani chiqarib tashlaydi deb hisoblovchi ayrim terapevtlar va guruh liderlari o'z qo'l ostidagilarni siqilgan agressiyani tashlab yuborish yo'li bilan ventilyatsiya qilishlarini rag'batlantiradilar - shuning uchun ham, masalan hammomda bir-birini mochalka bilan do'pposlash va krovatga tennis raketkasi bilan urish va ayni paytda baqir-chaqir qilish ayb sanalmaydi. Ayrim psixologlar ota-onalarga bolalarning emotsional keskinlikni yumshatishga yordam beradigan agressiv o'yinlarini rag'batlantirishni tavsiya qilishadi. Ko'pchilikni bu go'ya o'ziga tortadi. Lekin ayni paytda jinsiy mazmundagi materiallar siqilgan impulpslarni xavfsiz yo'l bilan chiqarib tashlashga sharoit yaratadi- degan tasdiqqa nisbatan jinsiy mazmundagi materiallar jinsiy zo'ravonlik sodir qilishga olib boradi - degan tasdiqni ko'pchilik ma'qullaydi. Shu munosabat bilan katarsis pozitsiyasining validliligi haqida o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi. Agar erotik materiallarni tomosha qilish seksual impulpslarni tashlab yuborishni ta'minlaganda edi, unda shundan so'ng jinsiy maylning kamayishi kuzatilishi lozim edi, agar gap erkaklar haqida borayotgan bo'lsa, unda ular shunga o'xshash vaziyatlarda ayollarni seksual obyekt sifatida kamroq idrok qilishlari va unga shunga mos ravishda munosabatda bo'lishlari lozim edi. Lekin tadqiqotlar buning teskarisini ko'rsatadi. Sotsial psixologlarning ta'kidlashlaricha ayni shu holatda katarsis amalga oshmaydi. Masalan, Robert Arms va uning hamkasblarining xabar qilishicha kanadalik va amerikalik futbol, kurash va xokkey ishqibozlari musobaqalardan ketishda o'zlarini musobaqa paytidagiga nisbatan agressivroq tutishadi. Hatto urush ham agressiv hislardan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.73 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.73 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc