Alkogolizm, alkogol psixozlar

Alkogolizm, alkogol psixozlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Alkogolizm, alkogol psixozlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Alkogolizm, alkogol psixozlar Bosh miya qon tomirlari aterosklerozi Alkogolizm (surunkali ichkilikbozlik, aroqxo'rlik) tez-tez va ko'p miqdorda spirtli ichimliklar iste'mol qilish oqibatida kelib chiqib, unga hirs qo'yish bilan kechadigan surunkali kasallik hisoblanadi. Bosh og'riqqa ehtiyoj, shaxsning o'ziga xos o' zgarishi somatik vaijtimoiy oqibatlar bilan o'tadi. Alkogolizm sabablari spirtli ichimliklar ichishdir. Alkogolizm rivojlanish davrida odamlarga xushchaqchaqlik, ruhiy kayfiyat, ko'tarinkilik, quvnoqlik beradi. Alkogol ichilganda odamning markaziy asab tizimi faoliyatiga tez ta'sir qiladi, bunda oily asab faoliyati izdan chiqadi. Ichkilik ichgan odamda diqqat-e'tibor susayib, u harakatlarini yo'qotib qo'yadi. Bunda aqliy ish qobiliyat buziladi, qattiq gapirib, maqtanchoqlik qiladi. Bularning hammasi oddiy mastlik holatiga olib keladi. Mastlik - bu alkogol bilan o'tkir zaharlanish bo'lib, spirtli ichimliklarning psixotrop ta'siridan kelib chiqadi. Bu insonning ruhiy, vegetativ asab buzilishlariga olib keladi. Klinik manzarasi. Mastlikning quyidagi turlari mavjud: I. Oddiy mastlik holati, uning 3 darajasi bor. 1. Yengil darajasida kayfiyatning ko'tarilishi, tetiklik, mamnunlik, shirin xayollar paydo bo'ladi. Bunda nutqning baland bo'lishi, tezlashishi, imo-ishoralarning jonlanishi, harakatda aniqlikning yo'qolishi bilan xarakterlanadi. Bu darajada ichgan odamlar bajarayotgan ishning hajmi, sifati pasayadi. Vegetativ belgilardan yuzning qizarishi yoki oqarishi, jinsiy maylning oshishi namoyon bo'ladi. Mastlikning yengil darajasida barcha voqealar bemorning xotirasida saqlanib qoladi. 2. O'rtacha og'ir darajasida ko'tarinki kayfiyat, jahldorlik, tajanglik, xafachilik bo'lib turadi. Mast kishi o'z qobiliyatini yuqori baholaydi, o'z-o'zini tanqid qilish pasayadi, harakatning chuqurroq buzilishi, ataksiya va dizartriya namoyon bo'ladi. Fikrlashning susayishi, nutqning sekinlashuvi, bir so'zni qayta-qayta takrorlashi paydo bo'ladi. Bemorning diqqat-e'tibori pasayadi. 3. Mastlikning og'ir darajasida karaxtlik belgilari paydo bo'lib, koma holatiga tushadi. Bunda bemorlarda muvozanat buziladi, mushaklar atoniyasi, amimiya, dizartriya belgilari namoyon bo'ladi. Bemorlarda bosh og'riq, bosh aylanish, ko'ngil aynish, qusish, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatida o'zgarishlar bo'ladi. Natijada qo'loyoqlarning sovuq qotishi, ko'karib qolishi, haroratning pasayishi, tutqanoq xurujlari paydo bo'lib, ixtiyorsiz tagiga siyib yuborish va axlat chiqishi kuzatiladi. Mastlik holatining bu darajasida kishi xotirasi butunlay saqlanmaydi. II. Oddiy mastlikning o'zgargan turi- asoratli mastlik bo'lib, bunda ruhiy buzilishlar kuchayib yoki pasayib ketadi. Oddiy mastlikning quyidagi o'zgargan turi mavjud: 1. Eksploziv turi - mastlikka xos baland kayfiyat kamroq bo'lib, qisqa vaqt bo'ladigan jahldorlik, norozilik bilan almashinib turadi. 2. Disforik turi, bunda ruhiy taranglik, g'amginlik, jahldorlik, tushkunlikka tushish, atrofdagi kishilarga xavf solish paydo bo'ladi. 3. Isterik turida harakat buzilgan, qo'llarini qiyshaytirib, bezovtalanadi, bunda o'ziga yengil jarohat yetkazishi mumkin. Bemorda isterik tutqanoq xuruji paydo bo'lishi mumkin. 4. Depressiv turida kayfiyat pasayadi, bemorlar ko'pincha yig'laydilar, g'amginlik, bezovtalanish, o'ziga suiqasd qilish fikrlari paydo bo'ladi. 5. Somnolensiya turida qisqa vaqt ko'tarinki kayfiyatdan so'ng uyqu kelishi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.57 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.57 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga