Amaliy munosabatlarda o'zini boshqarish muammolari bo'yicha amaliy tavsiyalar

Amaliy munosabatlarda o'zini boshqarish muammolari bo'yicha amaliy tavsiyalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Amaliy munosabatlarda o'zini boshqarish muammolari bo'yicha amaliy tavsiyalar - rasmi

Material tavsifi

Amaliy munosabatlarda o'zini boshqarish muammolari bo'yicha amaliy tavsiyalar Reja: Hayotda hayajonlarini boshqarishdagi muvaffaqiyatsizliklar Talab va ehtiyojlari rivojlanishidagi muvaflaqiyatsizliklar Emotsiya va sezgilari o'zgarishida muvafTaqiyatsizlik Temperamenti va xarakteri kamchiliklarini tuzatishdagi muvaffaqiyatsizliklar Kamchiliklarini yo'qotishdagi muvaftaqiyatsizliklar Kasbiy, ish joyi va sharoitlarini tanlashdagi muvaffaqiyatsizliklar O'zining ish qobiliyatini ta'minlab va saqlab turishdagi muvaffa- qiyatsizliklar Boshqa odamlar bilan raqobatda muvaffaqiyatsizliklar Hayotda hayajonlarini boshqarishdagi muvaffaqiyatsizliklar Emotsional o'zini boshqarishdagi kamchiliklar bilan bog'liq hayotiy muvaffaqiyatsizliklar turli sabablar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Lekin ulardan ko'pchiligi odamning ichki, psixologik xususiyatlariga yoki unda atrofdagi odamlar bilan yuzaga keladigan o'zaro munosabatlar bilan bog'liq bo'ladi. Agarda muammolar odamning psixologiyasi bilan bog'liq bo'lsa, ular ichki yoki subyektiv deb ataladi, agarda muammo odamga bog'liq bo'lmagan vaziyatlarga taalluqli bo'lsa, ular tashqi yoki obyektiv deb ataladi. Emotsional o'zini boshqarishda muvaffaqiyatsizliklar ichki sabablariga quyidagilar kiritilishi mumkin: 1) odamning bir-biri bilan raqobatlashuvchi qarshiligini yenga olishga qodir bo'lmagan turlicha, teng kuchli motivlari o'rtasidagi kurash; 2)odamning irodasi bo'shligi; 3)odamning xulqida noaniqlik va tartibsizlik yuzaga keltiradigan, bir-biriga mos kelmaydigan xarakteri xususiyatlari mavjudligi; 4)odamning o'zi boshqara olmaydigan kuchli emotsional qo'zg'aluvchanligi; 5) odamning o'ziga ishonchsizligi; 6)qaror qabul qilishda va amalga oshirishda sustkashligi; Tashqi xususiyatdagi mumkin bo'lgan sabablarga quyidagilar kiradi: 1)odamning yuzaga kelayotgan vaziyatga juda ham kuchli bog'liqligi; 2) odamning atrofdagilarga haddan tashqari shaxsiy va amaliy bog'liqligi; 3)odam tushib qolgan vaziyatning noaniqligi va obyektiv sabablarga ko'ra unda oqilona qaror qabul qilish yoki amalga oshirish qiyin bo'lishi; 4) atrofdagi odamlar bilan insonning murakkab qarama-qarshi munosabatlari. Bu sabablarning har birini ко'rib chiqamiz: Teng ahamiyatli va teng kuchli motivlar orasidagi kurash deganda, odamning xulqi motivatsiyasida ikki yoki undan ko'p motivlar, ikki yoki undan ko'p bir-biri bilan mos kelishi qiyin bo'lgan ehtiyojlar, shu bilan birga ulardan har biri dolzarb va ancha kuchli bo'lgan ehtiyojlari bir-biri bilan raqobat qilgan holatlari tushuniladi. Natijada odam ulardan birortasini afzal deb tanlay olmaydi va shu bilan birga ularning biridan to'la voz ham kecha olmaydi. Agarda haqiqatda amal qilayotgan motivlaridan faqat birini tanlasa, unda birmuncha vaqt o'tgach ushbu motivi qisman qoniqtirilganda, darhol boshqa qoniqtirilmagan motivi dolzarb bo'Iib qoladi. Natijada odam doimiy nima qilishi va nimani afzal bilishi kerak, degan tanlov oldida turadi. U bir-biri bilan mos kelmaydigan xulqi motivlari nizolari bilan bog'liq o'z hayajonlarini nazorat qila olmaydi. Ushbu nizoli vaziyatdan chiqishning yo'li quyidagicha bo'Iadi. Odam qandaydir yo'l bilan sun'iy ravishda ba'zi ehtiyojlar (motivlar, qiziqishlari, manfaatlari) qimmatini o'zi uchun oshirishi va bir vaqtning o'zida boshqalari ahamiyatini pasaytirishi kerak bo'Iadi. Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning mumkin bo'lgan yana bir yo'li bir ehtiyojlarini qoniqtirish mumkinligi ancha yuqori va boshqa ehtiyojlarini qoniqtirishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.76 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.76 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga