Amaliy psixolog mutaxassis va shaxs sifatida

Amaliy psixolog mutaxassis va shaxs sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Amaliy psixolog mutaxassis va shaxs sifatida - rasmi

Material tavsifi

Amaliy psixolog mutaxassis va shaxs sifatida Reja: Amaliy psixolog mutaxassis sifatida 2. Psixolog ishining bolalar muassasalariga ko'ra xususiyatlari 3. Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak? Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, biz psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas degan xulosaga keldik. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi yo'nalishlar ishning yagona yo'nalishlardir. D.B. Elkoninning takidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo'naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Uning takidlashicha, taraqqiyotda bo'lishi mumkin bo'lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina diagnoz qo'yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o'zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o'zi ham olib beradi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo'lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik - korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga, kam ishlagandir. Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning vazifasi - rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta'minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o'quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo'ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo'llaydilar, chunki bu ko'zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining bazi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi. Bunday diagnostik ishining asosiy maqsadi - o'quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko'p qirrali va to'liq diagnostika natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o'quvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining yo'llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham ega. Turli ta'lim - tarbiya muassasalarida bugun psixolog yangilik emas. Psixologlarning ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatib kelayotganlariga ancha bo'ldi. Biroq xaligacha ko'pchilik bu soha mutaxassislari ishiga biroz shubha aralash nazar bilan qarashmoqda. Bunga malum manoda psixologlarning o'zi ham aybdor. Ular o'z faoliyatlarining, o'z yordamining qanchalik muhimligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga etkazishda ularning ishtiroki zarur ekanligini ko'rsatib, ifodalab bermayaptilar. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fikrimizcha, psixologlarning o'z faoliyatida ta'lim tarbiya muassasalari xarakterli xususiyatlariga etarlicha etibor bera olmayotganliklari, muassasaning o'ziga xos xususiyatlariga moslasha olmayotganliklaridadir. Turli yoshdagi, jinsdagi ma'lumot va e'tiqod darajasidagi odamlar bilan psixolog bir xil metod va usul orqali ishlamas ekan nima uchun turli ta'lim - tarbiya muassasalarida olib boradigan faoliyati o'zaro farqlanmaydimi? Turli muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa-bu rivojlanishi jihatdan turlicha bo'lgan bolalar. Shunday ekan, turli xil muassasalarda psixolog yagona qolipga solingan yo'ldan borishi mumkinmi? Bizningcha, mumkin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.02 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.02 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga