Analizatorlarida kamchiliklari bor bolalar

Analizatorlarida kamchiliklari bor bolalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Analizatorlarida kamchiliklari bor bolalar - rasmi

Material tavsifi

Analizatorlarida kamchiliklari bor bolalar Reja: Eshitish nuqsonlari bor bolalar Ko'zi ojiz bolalar Nutq - murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo'lib O'sishiga katta ta'sir kursatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib,atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi.Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining O'sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi - o'z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. so'z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so'zning o'zaro aloqada bo'lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Defektologlarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman va boshqalarning) bergan ma'lumotlariga ko'ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo'lganligiga va og'ir-engilligiga bog'liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar-soqov , zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalar guruhiga bo'lib O'rganiladi.Tug'ma hali tili chiqmagan go'daklik davrida ikkala qo'loqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan sung yaxshi eshitmaydigan bo'lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan sung vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo'laveradi. Turg'un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin. Kar-soqov bolalarning 25-30 foizida eshitish nuqsonlari tug'ma bo'ladi. Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallinishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni istemol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), homilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o'zgarishlar bo'lishi, masalan, eshitish yo'li atreziyasi - bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, O'tkazuvchi yo'llar yoki quloqning uzidagi o'zgarishlar sabab bo'ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoentsefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi bazi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. O'ozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng O'rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta'sir etib, ayniqsa analizatorning O'tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo'lib qoladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.09 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.09 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga