Reja: Anomal rivojlangan shaxslar bilan reabilitatsiya Ijtimoy ish spetsifikasi tamoyillari Anomal shaxslar bilan olib boriladigan reabilitatsion va ijtimoiy ishlar mohiyati. Anomal rivojlangan shaxslar reabilitatsiyasi ijtimoiy ishlar borasidagi tadbirlar.Jismoniy va psixik imkoniyati yetarli bo'lmagan shaxslarga gumanistik munosabat. O'zbekistonda maxsus yordamga muhtoj bo'lganlarga yordam tashkil etish. O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi qonunning 23 moddasiga ko'ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo'lgan anomal bolalar ta'lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish - inson haqida g'amxo'rlik ko'rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O'zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamgni tashkil etish maxsus maktab internatlar, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab internatlari; aqlan zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari o'quv kuni uzaytirilgan maktablar, maktab-internatlar, profesional mehnat kolejlarida maxsus guruhlar; zaif ko'ruvchi va zaif eshituvchi, og'ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun maktbgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktab internatlar, o'rta umumiy ta'lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o'rta umumiy ta'lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari, maktab internatlar; harakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o'rta umumiy ta'lim maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi.Sog'liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan maxsus psixonevrologiya san'atoriylari, statsionarlar bor, poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinetlarda mutaxassis-defektologlar tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib bormoqdalar. Aqliy jihatdan og'ir nuqsonlari bor (imbetsil, idiot) bolalar mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligiga qarashli bolalar muruvat uyida tarbiyalanadilar. Bu uylarga 4 yoshdan to 18 yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilini, 18 yoshgacha tarbiyaladilar 18 yoshdan oshgan kishilar nogironlar uyiga o'tkaziladi yoki ota-onalari bilan yashaydilar. Xalq ta'limi tizimi xamma yosh guruhlardagi anomal bolalarni o'qishga jalb qiladi 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanadilar. Zaif ko'ruvchi bolalar ko'rlar maktabida 9 yillik umumiy ta'lim maktab dasturini 11 yilda O'zlashtiradilar. har bir sinfda 12 tadan bola ta'lim oladi. Ko'rish qobiliyati zaiflashgan aqliy qoloq bolalar uchun maxsus maktab-internat qoshida yordamchi sinflar tashkil etilgan. Ushbu sinflarda tibbiy oftalmologik hamda korrektsion pedagogik kompensantsiya ishlari olib boriladi. Ko'rlar maktabida umumiy ta'lim maktablarining Brayl sistemasi bcha nashr etilgan darsliklar ishlatiladi. KO'zi xira bolalar maktablarida umumiy ta'lim maktablarining yirik xarflar bilan nashr etilgan darsliklari asosida ish olib boriladi, maxsus chiziqli daftarlar ishlatiladi. Ko'r bolalar uchun tashkil etilgan maktab internatda bolalar 18 yil ichida 8 yillik umumiy ta'lim maktab dasturini O'zlashtirib, so'ngra xoxlovchilar o'qishini kechki maxsus maktabda davom ettirishlari mumkin. 12 sinf o'quvchilari davlat imtixonlarini topshirish 8-yillik ma'lumot to'g'risida guvoxnoma oladilar. Ushbu maktablarda xalq xo'jaligi uchun malakali ishchilar tayyorlash hunar-ta'lim ishlari xam olib boriladi. mehnat ta'lim darslarida 5-7 o'quvchi, umumiy ta'lim darslarida esa tahminan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.83 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.83 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc