Reja: Anomal rivojlangan shaxslarni korreksion-tarbiyaviy ishlari tamoyillari Fonematik eshitish darajasi Anomal rivojlangan shaxslar bilan korreksion-tarbiyaviy ishlarning mohiyati. Anomal rivojlangan shaxslar bilan korreksion-tarbiyaviy ishlarning o'tkazishning etnik tamoyillari. Anomal rivojlangan shaxslar oilasi bilan ishlashning asosiy xususiyatlari. Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o'qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya'ni boshlang'ich sinflarda muvaffaqiyatli o'qish, boshlang'ich maktabning dasturni to'la o'zlashtirib olish uchun zarur bo'lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko'nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qўyadi.Bolaning aqliy rivojlanishida og'zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so'z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatadi, og'zaki nutqning turli shakllarigi - monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so'zlashuv yoki savol - javob nutqiga), so'zlarni grammatik jihatdan to'g'ri o'zlashtirish va to'g'ri tuzishga o'rgatadi. Bolalar bog'chasida ham, maktabda ham olib boriladigan tillar ta'lim standartlari, dasturida ko'rsatilgan bilim va malakalarni hosil qilish, shaxsning ba'zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan. Dastur talablarini to'laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o'qituvchilar o'z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi.Logopedik tekshirishlar ta'lim-tarbiya usullari va printsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko'riladi. Logopedik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o'quv yilining boshida tarbiyachi yoki o'qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo'ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog'cha gruppasi yoki sinfda she'r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulyatsiyasi, nutq sur'ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shundan so'ng nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar alohida ro'yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi. Nutqida kamchiligi bo'lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to'ldiriladi. Induvidual va guruh nutq kartalariga quyidagi moddalar kiritiladi: 1) bolaning ismi, familiyasi, 2) yoshi, 3) millati, bog'cha yoki maktabga kelgan vaqti, 4) ota-onasi, tarbiyachisi yoki o'qituvchisining shikoyati, 5) bolaning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlar: umumiy, nutqiy rivojlanishi, 6) psixonevrolog xulosasi, 7) eshitish qobiliyati, 8) ko'rish qobiliyati, 9) artikulyatsion apparatining tuzilishi va harakatchanligi, 10) fonematik uquvining holati, 11) tovushlar talaffuzi, 12) lug'at boyligi (impressiv, ekspressiv nutq holati), 13) yozma nutq (o'qish va yozish) malakalari, 14) nutq sur'ati, maromi, ravonligi, 15) Intellektining holati, 16) logopedik xulosa va boshqalar. Nutq kartalari asosan yuqoridagi moddalardan iborat bo'ladi, biroq muassasalarning turiga qarab (maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi, boshlang'ich maktab, nutqiy, yordamchi maktab), ularning xili, mazmuni ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.7 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.7 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc