Antropometrik belgilarning taqsimlanishi va o'zgarish qonunlari. Reja: 1. Aholining namunali o'lchamlarini qurish tamoyili. 2. Variatsion qatorning asosiy parametrlarini hisoblash. Ommaviy ishlab chiqarish tashkil etilishi bilan tikuvchilar oldida namunaviy qaddi-qomatni aniqlash masalasi turadi, usha qaddi-qomatga tikilgan buyumlar aholi ehtiyojlarini to'la qondirishi kerak. Tabiatda ikkita bir xil, absolyut bir xil o'lchamli qaddi-qomat yo'q. Shunga qaramasdan tikuv buyumlari ishlab chiqarish sanoatida kiyimlar inson tanasi shaklini aniq xarakterlaydigan faqat namunaviy qaddi-qomatlarga tikiladi. Namunaviy qaddi-qomatning ratsional tizimiga «o'lchamlar namunasi» deyiladi. O'lchamlar namunasini ko'rishdan maqsad eng kam namunali qaddi-qomatlarni miqdorini ajratish. Aholining kiyim-kechakka bo'lgan talabini qondirish deganda, namunaviy qaddi-qomatga tayyorlangan buyumlar to'g'ri keladigan insonlar soni tushuniladi. Har qanday qaddi-qomat uchun o'lcham belgilarining o'rtacha qiymatiga antropometrik standartlar o'lchami deyiladi. Yillar davomida to'plangan tajribalar natijasida ishlab chiqilgan birinchi tavsif ommaviy ishlab chiqarish uchun sanoatga tavsiya etiladi. Bu 1955 yilga bo'lgan tavsif. U 2 ta yetakchi o'lcham belgilari bilan xarakterlanadi: bo'y va ko'krak kengligi. O'lchamlar 44 dan 60 gacha, o'lchamlar orasidagi farq 2 sm., bo'y oyoq kiyimidan o'lchanadi. Erkaklarning o'rtacha bo'yi - 164 sm., ayollarniki - 158 sm., bo'ylar orasidagi farq - 6 sm. Bu ko'rsatkichlardan tashqari jadval shaklida qo'shimcha o'lchamlar taqdim etilgan: bel, bo'ksa, belgacha uzunlik. Bu ko'rsatkichlardan tashqari jadval shaklida qo'shimcha o'lchamlar va bu ko'rsatkichlar bo'yicha qanoatlantirish juda past bo'lgan. 1955 yilda antropologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan keyingi tavsif ishlab chiqilgan. Ushbu tavsif bo'yicha qaddi-qomat, gavda hisobga olinib, 3 turga bo'lingan. Aholini talabini qondirish juda past darajada qolgan. Shuning uchun hukumat tikuvchilar oldiga aholi ehtiyojini eng ko'p qondiradigan namunaviy qaddi-qomatlar tavsifini ishlab chiqarishni qo'yadi. Bu ishni Antropologiya instituti xodimlari TEMITI xodimlari bilan 1956 yildan boshlab aholini o'lchashni o'tkazgan. Bunda yoshi, jinsi, millati, tug'ilgan yeri hisobga olingan. Har bir o'lchamlari olingan kishiga xos ish qog'ozi yuritilgan va o'lchangan kishining ko'rsatkichlari yozilgan. Aholini o'lchash 1960 yilga qadar davom ettirilgan. O'lchash natijalari qayta ishlanib, 1961 yilda tavsif yaratildi. Aholining tayyor kiyimga bo'lgan ehtiyojini qondirish 85 foizga ko'tariladi. Ushbu tavsif quyidagi o'lcham belgilarini xarakterlaydi: bo'yi, o'lchami, to'laligi. Bu asosiy belgilari, yoshi va gavdasi hisoblanadi. To'lalik - bu ko'krak qulochi bir xil bo'lgandagi bel qulochi bilan bo'ksa qulochining nisbati. Uchta to'lalik kiritilgan: kichik, o'rta va katta. To'lalik orasidagi farq bel bo'yicha 4 sm. (to'la quloch), bo'ksalar bo'yicha 6 sm. Gavda tuzilishining har bir tavsifi aholi orasida uchraydigan turli xil morfologik namunalarning batafsil o'lchamlarini olgan sharoitdagina ko'rilishi mumkin. Bunda ushbu namunalarni belgilaydigan kattaliklar ma'lum bo'lishi kerak, shuningdek ushbu belgilarning o'zgaruvchanlik chegarasi va inson gavdasining turli o'lcham kattaliklarining nisbati. Bu ma'lumotlarni maxsus dastur ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.51 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.51 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc