Appertseptsiya, illyuziya,gallyutsinatsiya Reja: Illyuziya Gallyutsinatsiya Idrokning tasnifi Fazoni idrok qilish Vaqtni idrok qilish Idrokning o'ziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot mazmunining (yani butun ma'naviy boyligining) ta'sir etishidir. Yuqorida aytilganidek, idrok jarayoni odamning turmush tajribasi bilan bog'liq ekan, binobarin, idrok jarayoniga bilim boyligi odamning ishonch, e'tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta'sir qiladi. Psixologiyada idrok jarayoniga odamning butun ma'naviy hayot boyligini ta'sir etishini appertseptsiya deb yuritiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o'zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, yani ular aynan bir xil narsani uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, daladagi gullab turgan paxtani oddiy bir talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan bo'lsa, albatta, ularning idroklari, yani paxtani aks ettirishlari juda katta farq bo'ladi. Talaba shunchaki, odatdagi oddiy bir paxta sifatida aks ettirsa, agronom paxtaning qanday navi, taraqqiyotning qaysi bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil berishi va shu kabilar bilan birga chuqur hamda juda to'la idrok etadi. Pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lgan tarbiyachi bilan bunday bilimlardan mutlaqo xabarsiz bo'lgan oddiy bir onaning bolalaridagi turli ehtiyojlar va harakatlarni idrok qilishlari o'rtasida keskin farq mavjud. Masalan, ildiz tushunchasini bolalar o'simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildizi ko'rinishida, ijtimoiy nuqtai-nazardan qarindosh-urug'chilik shaklida ko'z oldiga keltiradilar. Appertseptsiya tushunchasi bazi hollarda idrokning aniqligi, to'liqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning manosi o'rnida qo'llanilgan. Psixologik nazariyalariga ko'ra, appertseptsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appertseptsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qatiy maslagi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog'liq bo'lib, u o'ta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appertseptsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emotsional holatiga, yani uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affekt ko'rinishidagi his-tuyg'ularida, ularning surati, davomiyligi tizimida o'z ifodasini topadi. Idrok xususiyatining yana bir o'ziga xos xususiyati uning konstantligidir. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo'lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta'sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo'lishini tushunamiz. Malumki, narsalarning hajmi (katta yoki kichikligi) shu narsalarni qanday masofadan (uzoqdan yoki yaqindan) idrok qilayotganimizga qarab o'zgarib turadi. Lekin shunday bo'lsa ham idrok qilishdan hosil bo'lgan narsalarning ongimizdagi obrazlari hamma vaqt shu narsaning tabiiy holatiga mos bo'ladi, masalan, katta yo'lda ketayotib, uzoqdan gugurt qutichasidek kichkina bo'lib kelayotgan avtobusni ko'rib, kichkinagina avtobus kelyapti demaymiz. Uzoqdagi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc