Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari

Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari R e j a: Oliy asab faoliyati haqida aqli zaif bolalar asab tizimi Yordamchi maktab bolalar guruhlari Korreksiyalash ishlari Yordamchi maktablarda ta'lim olayotgan aqli zaif bolalar tibbiy tavsifnomasi bo'yicha bir toifaga kirmaydilar. Bu bolalarning bir toifaga kirmasligining kator sabablari mavjud. Bularga nuqson sabablarining har xilligi hamda nuqson yuz bergan vaqtning turli davrligidir. Yordamchi maktab o'quvchilari orasida bosh miya kasalliklari davom etuvchi (tutkanok, shizofreniya va boshqalar) bolalar bilan birga, bog'cha va kichik maktab yoshida bosh miyalari zararlangan bolalar ta'lim oladilar. Bosh miya zararlanishlari turli jarohatlar oqibatida yoki yuqumli kasalliklar natijasida (masalan, entsefalit) yuz bergan bo'lishi mumkin. Shularga qaramasdan, yordamchi maktab o'quvchilarining asosiy kismini oligofren bolalar tashkil etadi. Bu bolalarning bosh miyalari homilalik va ilk chaqaloqlik davrlarida turli zararli taassurotlar ta'sirida zararlangan bolalardir. Bunday zararli ta'sirlarga homilalik davridagi onaning turli kasalliklar bilan kasallanishi, tug'ilish vaqtidagi jarohatlar, hamda chaqaloqning ilk oylaridagi ogir kasalliklar bilan ogrishi natijasidagi bosh miyaning chuqur zararlanishi kiradi. Bola bosh miya tizimidagi asab hujayralari, ayniqsa bosh miya pustlogi juda nozik tuzilishga egaligi sababli, turli salbiy ta'sirlarga tez beriluvchan bo'ladi. Bosh miya hujayralarining butun faoliyati qandaydir darajada uzgarib, buzilishga moyil bo'ladi. Bosh miyada yuz berayotgan fiziologik jarayonlar, ruhiy jarayonlarning mexanizmlari bo'lganligi sababli normal kechmaydi. Agar bolaning bosh miyasi ilk homilalik davrida zararlangan bulsa, chaqaloq tug'ilishi bilan bosh miya tizimi nuqsonlari kuzga tashlana boshlaydi. Normal bolalar tug'ilishi bilan atrof-muhitning turli kuzgatgichlariga javob ta'sirini beradi. Bunday javob reaksiyalari shartsiz reflekslar deb yuritiladi. Bunday shartsiz reflekslarga surish, ushlash, yo'talish, kuzni yumish, yiglash va boshqalar kiradi. yuqorida bayon qilib utilgan shartsiz reflekslar asosida chaqaloqning birinchi xaftalaridayok shartli reflekslar paydo bula boshlaydi. Dastlabki, shartli reflekslarga surish, emish kiradi. Bolani onaning kuliga olishi va emizishga tayyorlanishi bir necha marta qaytarilgach, bolada shartli refleks paydo bula boshlaydi. Bolada juda erta taxminlash refleksi paydo bula boshlaydi. Bu inson va hayvonlar oliy asab faoliyatlarida juda katta rol uynaydi. I.P.Pavlov tabiricha, nima ekan refleksi atrof-muhitdan bulayotgan kuzgatgichlarga bolaning boshini yoki kuzini burab, alanglab qarashidir. Shuni aytib utish o'rinliki, bu mazmundagi reflekslarning bolada paydo bo'lishi ular oliy asab faoliyatlarining yaxshi holatidan darak beradi. Bolalar oliy asab faoliyatlarining rivojolanishi jarayonida boladagi tugma reaksiyalar uzgarib boradi. Bazi shartsiz reflekslar umuman borgan sari tormozlanib boradi. Normal rivojlanayotgan bolada ikki oyligidan boshlab ushlab olish refleksi, bir yoshga tulish arafasida surish reflekslari yukola boshlaydi. Oliy asab faoliyatlarining keyingi taraqqiyoti yangi shartli bog'lanishlarning paydo bo'lishi bilan kechadi. Oligofren bolalarning reflektor faoliyatlarining taraqqiyotidagi chetga chiqishlar juda erta kuzga tashlanadi. chuqur darajadagi oligofrenlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.2 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.2 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga