aqli zaif bolalar shaxsi, uning shakllanish xususiyatlari R e j a: Shaxs haqida umumiy ma'lumotlar Shaxs, inson, odam, individ, kishi tushunchalari aqli zaif bolalar shaxsining xususiyatlari Korreksiyalash masalalari Rivojlangan inson shaxsi deganda, asosan malum dunyoqarashga ega bo'lgan, jamiyatda o'z o'rnini faxmlab etadigan, malum maqsadga ega bo'lgan, maqsadlar yo'lida mustaqil harakat kila oladigan malum bir kishini tushunamiz. Shu sababli, dunyoqarash, ong, mustaqillik shaxsni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. aqli zaif bolalar shaxsi masalasi oligofrenopsixologiyada nisbatan kam urganilgan, tekshirilgan masalalardan biridir. Shaxs ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy muhit ta'sirida shakllanib boradi. Olimlardan L.I.Bojovich bu masalada kator ishlarni amalga oshirgan. Ijtimoiy holatlar ta'sirida bolalarda malum tizimdagi intilish va talablar rivojlanadi. Bu g'oyaga ko'ra, tugma biologik xususiyatlarning shaxsga ta'siri kam berilgan. Ammo, biologik xususiyatlar malum shaxsning shakllanishiga ta'sir etadi, lekin belgilovchi rol uynamaydi. Mashxur psixolog S.L.Rubinshteyn o'z g'oyasini tushuntirib shunday deydi: Xar qanday tashqi ta'sirotlar kishiga bevosita organizmning ichki sharoiti orqali ta'sir etadi. Bu ichki sharoitning asosiy fiziologik kismini asab tizimining xususiyatlari tashkil etadi. Ammo, buni shaxsning shakllanishidagi yetakchi omil deya olmaymiz. Shaxsning rivojlanishini ijtimoiy sharoit, tarbiya, konkret tarixiy muhit belgilaydi. Shuni etirof etish o'rinliki, bazi bir mutaxassislar bu g'oyalarga kushilmaydilar. Ularning fikricha, shaxs to'g'ridan-to'g'ri irsiy yul bilan beriladigan moyilliklar asosida shakllanib boradi. aqli zaif bola tafakkurining rivojlanmaganligini, umumiy tushunchalarni farqlay olmasligi, axloq, odob tushunchalarini yaxshi tushunib etmasliklari, ular shaxsining shakllanishiga birmuncha salbiy ta'sir etadi. boshlang'ich sinflardagi aqli zaif bolalarning tushunchalari birmuncha yuzakiligi oqibatida, shaxsiy sifatlar xam shunga mos tarzda shakllanib boradi. aqli zaif bolalar axloq, odob tushunchalarini ota-onalaridan, o'qituvchilardan, kitoblardan bilib oladilar. Ammo, bu bilimlarini hayotga tadbiq etishda kiynaladilar yoki noto'g'ri tadbiq etadilar. Shular oqibatida, aqli zaif bolalar tez-tez antiijtimoiy, axmokona salbiy ta'sirlarga tushib koladilar. Kator mamlakatlarda aqli zaif bolalarning ta'lim-tarbiyasi majburiy emas. Ayrim mamlakatlarda moddiy ta'minlangan oila farzandlarigina maxsus ta'limga jalb etilgan. Bunday sharoitlarda aqliy nuqsonli bolalar mehnat tayyorgarligidan chetda kolib, turli kungilsiz oqibatlarning kelib chiqishiga sababchi buladilar. Bu joylarda jinoiy elementlar aqli zaif bolalarning nuqsonlaridan foydalanib, ulardan uzlarining maqsadlari yo'lida foydalanadilar. Bunday kungilsiz vokealar haqida Ch.Dikkens va B.Brext keng ma'lumotlar beradilar. aqli zaif bolalarning jinoiy ishlarga kirib kolganligini kator matbuot ma'lumotlaridan xam bilsa bo'ladi. Kator mutaxassislar bu kabi ma'lumotlardan noto'g'ri xulosa chikarmokdalar. aqli zaif bolalar axloqiy nuqsonlilar degan fikrga kelmokdalar. Bu albatta umuman noto'g'ri tasavvurdir. Xech qanday bosh miya zararlari antiijtimoiy, antiaxloqiy moyilliklarning kelib chiqishiga zamin yarata olmaydi. Ogir kasalligi oqibatida jamoat tartibini buzgan bola, tartibni tushunmaslik, yoki o'z harakatlariga rahbarlik kila olmaslik oqibatida kilgan bo'lishi mumkin. Kasallik bu kabi illatlarga asos bulmasdan, balki ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc