Aqli zaif bolalarning faoliyat xususiyatlari

Aqli zaif bolalarning faoliyat xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Aqli zaif bolalarning faoliyat xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

aqli zaif bolalarning faoliyat xususiyatlari R e j a: Faoliyat haqida umumiy ma'lumot Normal bolalar faoliyat xususiyatlari aqli zaif bolalar faoliyat xususiyatlari Faoliyatni korreksiyalash imkoniyatlari Yordamchi maktablarning asosiy vazifalaridan bir - o'quvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdan iborat. Ommaviy maktablar singari, yordamchi maktablar xam o'quvchilarda mehnatga nisbatan to'g'ri munosabat shakllantirish hamda ularda zarur ko'nikma va malakalar tarbiyalashga xizmat qiladi. Psixologiya fanining zaruriy nizomlaridan biri - ong va faoliyatning birligidir. Psixik jarayon va holatlar faoliyatdan tashqarida yuz bermaydi. aqli zaif bolalarning nuqsonli taraqqiyoti fakatgina psixik jarayonlar kechishining o'ziga xosligi bilangina chegaralanib kolmasdan, balki ular faoliyatlari xam normal bolalar faoliyatlaridan keskin farq qiladi. aqli zaif bolalar faoliyatining o'ziga xosligi maqsad va harakatlarning munosabatida, faoliyat dinamikasida hamda motivlarida kuzga tashlanadi. aqli zaif bolalar qiyin va murakkab vazifalarni bajarish vaqtlarida barcha talab va ma'lumotlarni hisobga olmaydi. Natijada bajarilayotgan vazifa boshqa, birmuncha engilrok, osonrok vazifalar bilan almashadi. aqli zaif bolalar normal bolalardan farqli ravishda faoliyat jarayonlarida uzgacha idrok kiladilar, eslab koladilar va fikrlaydilar. Shu bilan birga boshqa maqsad va motivlarga amal kiladilar. Oligofren bolalarning faoliyatlari maxsus tuzilishga egaki, uni maxsus qarash va tahlil etish kerak. aqli zaif bolalar faoliyatida uning shaxsiy sifatlari kuzga tashlanadi. ta'lim-tarbiya jarayonlarida aqli zaif bolalarning shaxsini shakllantirish uchun, uning faoliyat xususiyatlarini bilmok kerak. Chunki psixika faoliyatda kuzga tashlanibgina kolmasdan, balki faoliyat jarayonida shakllanib xam boradi. Shuning uchun ta'lim-tarbiyada aqli zaif bolalar faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, ular psixikasining samarali rivojlanishiga imkon yaratsin. aqli zaif bolalarning faoliyatlarida maqsadga muvofiklikning buzilganligi, oldingi tajribalarni qo'llashdagi qiyinchiliklar, motivlarning noto'g'riligi kabi nuqsonlarni ko'rish mumkin. Malumki, faoliyat deganda, inson shaxsi faolligining namoyon bo'lishi tushuniladi. Faoliyatda aqli zaif bola shaxsi namoyon bo'lishi bilan birga rivojlanib xam boradi. Demak, faoliyat bilan bola psixikasi orasida juda murakkab o'zaro aloqa mavjud. Bir tomondan psixika turli faoliyat jarayonlarida takomillashib borsa, ikkinchi tomondan psixika faoliyatni boshqarib xam boradi. Sezgi va idrokda muskullar, fikrlash jarayonlarida ikkinchi signal tizimi boshqariladi. Faoliyat jarayonlarida aqli zaif bolalarning o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berishlari juda katta ahamiyatga ega. Agarda malum bir shaxs o'z imkoniyatlariga yuqori baho bersa, shaxs va jamoa orasida o'ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. aqli zaif bolalar faoliyatlariga salbiy ta'sir etuvchi omillarga: sezgi va idrokning zaif differentsirlashganligi, tafakkurning yaxshi rivojlanmaganligi, motivlarning buzilganligi, o'z-uzlariga baho berishning noto'g'riligi kiradi. Yordamchi maktab o'quvchilarining barcha faoliyat turlarida quyidagi kamchiliklar uchrab turar ekan. 1. Malumki, xar qanday faoliyat malum maqsad asosida amalga oshiriladi. maqsadsiz faoliyatning bo'lishi bizningcha mumkin emas. Demak, aqli zaif bolalar faoliyatida maqsadga qaratilganlik keskin buzilgan bo'ladi. Rivojlanish, ta'lim-tarbiya davomida o'quvchilarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga