aqli zaif bolalarning o'z-uzlariga baho berish xususiyatlari R e j a: Normal bolalarda o'z-uzlariga baho berish aqli zaif bolalarda o'z-uzlariga baho berish Yordamchi maktabda korreksion ishlar Shaxs shakllanishining asosiy omillaridan biri - aqli zaif bolalarning o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berish xislatlarining shakllangan bo'lishidir. baholashga kishilar, narsalar, holatlar jalb etilishi mumkin. o'z-o'zini baholashda kishining o'z aloqalarini, harakatlarini, sifatlarini, kilgan ishlarini, yutuklarini baholash tushuniladi. o'z-o'zini baholashning shakllanishi atrofdagilarning baholashlari, o'z faoliyat natijalarini ko'rishlari natijasida amalga oshib boradi. o'quvchilarda o'z-uzlarin baholashlari turli topshiriqlarni bajarish jarayonlarida tuplanib boradi. o'quvchilarda o'z-uzlarini baholashning shakllanishida bolalar ish faoliyatining natijalarini baholab boruvchi o'qituvchining roli juda katta. aqli zaif bolalarda uzlarini anglashlari birmuncha pasayganligi sababli, ish natijalarini xam birmuncha noto'g'ri baholaydilar. Shuning oqibatida o'z faoliyatlarini to'g'ri tahlil kila olmaydilar. Bularning barchasi aqli zaif bolalarda o'z-uzlariga baho berishning o'ziga xos shakllanishiga olib keladi. Maxsus tekshirishlar natijasida yordamchi maktablarning turli sinflarida bolalarning o'z-uzlarini baholashlari haqidagi ma'lumotlar olingan. Kichik sinflardla o'z-uzlariga baho kuyish bazan past, bazan esa yuqori bular ekan. o'rta sinflardagi o'z-uzlariga baho berishlari birmuncha o'z imkoniyatlariga to'g'ri kelar ekan. yuqori sinflarda esa, o'z-uzlariga baho berish nisbatan yuqori bular ekan. Kichik sinflardagi o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho bermaslikning sababi, birinchidan shaxsning shakllanmaganligi, faoliyat maqsadlarini tushunmaslik, mehnat natijalarini to'g'ri tahlil kila olmasliklaridir. yuqori sinflardagi o'z imkoniyatlariga yuqori baho berishning asosiy sababi, uzlaridagi nuqsonni kamaytirish va o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholay olmaslikdir. o'z faoliyat natijalariga atrofdagilarning aksariyat past baho kuyishlariga aks ta'sirdir. nuqsonli bolalarda nuqson mazmuniga ko'ra o'z imkoniyatlariga yuqori va past baho berish xosdir. Bosh miyada kuzgalish va tormozlanish jarayonlari birmuncha turgun bo'lgan oligofrenlarda ta'lim-tarbiya jarayonlarida o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berish xollarini ko'rish mumkin. hissiy jihatdan birmuncha kambagal bo'lgan aqli zaif bolalarda xar qanday murakkablikdagi topshiriqlar bilan ulardagi noto'g'ri tasavvurlarini to'g'rilash qiyin. Shuning oqibatida aqli zaif bolalar o'z faoliyatlarini to'g'ri rejalashtira olmaydilar, faoliyat natijalarini kura bilmaydilar. Umuman baho va o'z-o'zini baholash aqli zaif bola shaxsining tuzilishida eng asosiy kismni tashkil etadi. L.I.Bojovich ma'lumotlariga ko'ra, to'g'ri shakllangan o'z-uziga baho berish shaxs shakllanishining yetakchi omillaridan biridir. Shu sababli, yordamchi maktab o'qituvchilari bu muammoga oid bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishlari talab etiladi. o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berish kattalar tomonidan amalga oshirilib boriladi. Agarda aqli zaif bola o'z faoliyatlarini to'g'ri tahlil kila olmasalar, atrofdan uning faoliyat natijalariga qo'yilgan baholar salbiy yo'nalish kasb etadi. Agarda bola oilada kuprok ijobiy baholar olib yurgan bulsa, bu bolalar maktabga kelgach, biror salbiy baho olishlari ularda kator noto'g'ri xulk xislatlarining shakllanishiga olib keladi. Bu bolalar tez xafa buladigan, yigloki, kaysar bo'lib koladilar. Agarda bunday ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: doc