Asab ruhiyat buzilishlari

Asab ruhiyat buzilishlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Asab ruhiyat buzilishlari - rasmi

Material tavsifi

Asab ruhiyat buzilishlari Reja 1. Asab sistemasining tuzilishi. 2. Psixozlar. 3. Nevroz va uning turlari. Nerv sistemasi barcha organlar sistemasi faoliyatini boshqaradi, organizmdagi barcha organlar va organlar sistemasini bir butunligini, organizmning funksional birligini ta'minlaydi. Bundan tashqari nerv sistemasi quyidagi vazifalarni bajardi: 1.Organizmning tashqi muhit bilan birligini boshqaradi. 2. Odamni tashqi muhit sharoitiga moslashishiga yordam beradi; 3. Manoli nutq. 4. Xotira. 5. Fikrlash ham nerv sistemasiga bog'liq. Nerv hujayrasi Nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemasiga bo'linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh miya va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasi somatik, vegetativ nerv sistemalariga bo'linadi va muskullar, ichki organlarga beradigan nervlar hamda nerv chigallaridan iborat. Somatik nerv sistemasi skelet muskullari va bazi organlarda (til, xalqumda) tarmoqlanadi va ular faoliyatini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi esa ichki organlarga, ichki sekretsiya bezlariga, teri va qon tomirlarining silliq muskullariga boradi. Shu bilan bir qatorda VNS ko'ndalang targ'il muskullarning oziqlanishini (trofika) va tonusni boshqaradi. BOSh MIYa Bosh miya bosh suyagi bo'shlig'ida joylashib, og'irligi katta odamda o'rta hisobda 1360 gramm bo'ladi. Bosh miya 5 qismga bo'linadi: 1). Uzunchoq miya va ko'prik; 2). Miyacha; 3). O'rta miya; 4). Oraliq miya; 5). Katta yarim sharlar. Uzunchoq miya-ko'prik-o'rta miya-oraliq miya miya stvoli deb ataladi. Miya stvolidan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlari I juft - Hidlash nervi. (S.n) II juft - Ko'rish nervi. (S.n) II juft - Ko'zni harakatlantiruvchi nerv. (H.n) IV juft - G'altaksimon nerv. (H.n) V juft - Uch tarmoqli nerv. (A.n) VI juft - Uzoqlashtiruvchi nerv. (H.n) VII juft - Yuz nervi. (H.n) VII juft - Eshitish va muvozanat nervi. (S.n) IX juft - Til-halqum nervi. (A.n) X juft - Adashgan yoki sayyor nerv. (A.n) XI juft - Qo'shimcha nerv. (H.n) XII juft - Til osti nervi. (H.n) S.n - sezuvchi nerv, H.n - harakatlantiruvchi nerv, A.n - aralash nerv. Uzunchoq miya va ko'prik - orqa miyaning davomi bo'lib, bosh suyagi bo'shlig'ida ensa teshigining ustida joylashgan bo'lib, reflektor va qo'zg'alishni o'tkazish funksiyasini bajaradi. Uzunchoq miyada bosh miya nervlarining yadrosidan tashqari, hayot uchun muhim organlar faoliyatini idora etadigan markazlar, chunonchi, nafas olish, yurak ishini boshqarish, qon aylanish, ovqat hazm qilish (yutish, so'lak chiqarish, me'da shirasini va me'da osti bezi shirasini ishlash) organlarining markazlari va bazi himoya reflekslari (qusish, aksa urish, yo'talish, ko'zni yumib - ochish) markazlari joylashgan. O'rta miya - to'rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat. O'rta miyada tor kanal - Silviy suv yo'li bor. Bu kanal miyaning IV va II qorinchasini birlashtiradi. Oraliq miya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga