Asosiy ijtimoiy-psixologik ko'rinishlarga tavsif

Asosiy ijtimoiy-psixologik ko'rinishlarga tavsif

O'quvchilarga / Psixologiya
Asosiy ijtimoiy-psixologik ko'rinishlarga tavsif - rasmi

Material tavsifi

REJA: Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat. Ijtimoiy-psixologik ko'rinishlar dinamikasi va statistikasi. 1. Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi Psixologiya bilimlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez ri-vojlanib borayotgan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, awa-lo, ijtimoiy hayot va amaliyotning o'sib borayotgan ehtiyojlari, ya'ni jamiyatda bo'layotgan ijtimoiy hodisalarnmg ijtimoiy-psixologik ji-hatdan o'rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo'lyapti. Ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lgan insonning o'zini atroflicha o'rganishga bo'lgan talabning ortib borayotganligi sabab bo'lmoqda. Inson murakkab mavjudot, shuning uchun uni bir qancha fanlar o'rganadi. Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan va uyushmagan kishilar birligida odamlarning o'zaro ijtimoiy munosa-batlarga kirishishi natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodi-salarni, shuningdek shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va uning qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Odamlarning faqat individual-psixologik xatti-harakatlarinigina emas, balki ijtimoiy munosabatlar ta'siri ostida namoyon boiadigan xulq-atvorlarini o'rganish va uni bayon etish qadimgi dunyoning bu-yuk olimlari Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur kabilarning asarlarida uchraydi. Chunonchi, Aflotunning «Respublika», Arastuning «Siyo-sat» va «Etika» asarlarida, keyinchalik o'rta asrlarda yashab ijod etgan inutafakkirlar - Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar», Jaloliddin Rurniyning «lchingdagi ichingdadir» kabi asarlarida shaxsning ruhiy va etnik (milliy) xususiyatlari, uning turli xil urf-odatlari, an'analari, udum va marosimlarini o'rganish va tushuntirib berishga bo'lgan intilish kuchli bo'lganini ko'ramiz. Hozirgi kunga kelib guruhlar muammosi ustida bir necha fanlar mustaqil izlanishlar olib bormoqda. Biroq psixologiya nuqtai nazari-dan «guruh», «jamoa», va «lider» tushunchalari o'ziga xos ahamiyatga egadir. Uning zamirida guruhlarning ijtimoiy-psixologik kelib chiqi-shi, shakllanish jabhalari, strukturasi, shaxslararo munosabatlari yotadi. Ma'lumki, jarniyatimizda bir qancha tashkilotlar, jamoalar, uyush-malar, guruhlar, partiyalar, turli xil siyosiy harakatlar va bir qancha turli xil ko'rinishdagi jamoalar mavjud. Shu bilan birga, jinoiy damning guruh, tashkilot, uyushma va harakatlari ham mavjud bo'lib, aksariyat hollarda bunday to'dalar sovuq va o'qotar qurollarga ega boiadilar. Mustaqil O'zbekistonimizda ham shunga o'xshash terroristik, di-niy-ekstremistik guruhlar mavjuddir. Bu guruhlar muqaddas islom di-nini niqob qilib olgan holda yoshlarning ma'naviyati, mafkurasi va dunyoqarashini buzmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi OHy Majlisining oltinchi sessiyasida qilgan ma'ruzasida ham jinoyatchilikka, ayniqsa o'smirlar va ayollar-ning jinoyat olamiga kirib kelayotganini ta'kidladi: «Bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlar miqdorining 4 %, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar esa qariyb 11 foizini tashkil etadi. Jazoni ijro etish muassasa-larida jazo muddatini o'tayotganlarning umumiy miqdorining 1 % i voyaga yetmaganlar, 2,3 % i esa ayollardirw1. Bu ko'rsatkichlar in-sonlarning turli xildagi oqimlar va jinoiy guruhlarga qo'shilib ketishi-dan dalolat beradi. Shaxsni kamol toptiradigan va tarbiyalaydigan jamoa o'zi bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.63 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.63 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga