Axborot sohasidagi globallashuv. Zamonaviy ochiq-axborot tizimlarining xarakteristikasi

Axborot sohasidagi globallashuv. Zamonaviy ochiq-axborot tizimlarining xarakteristikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Axborot sohasidagi globallashuv. Zamonaviy ochiq-axborot tizimlarining xarakteristikasi - rasmi

Material tavsifi

Axborot sohasidagi globallashuv. Zamonaviy ochiq-axborot tizimlarining xarakteristikasi Reja: Globallashuvning mamlakatlarga ta'siri. Milliy istiqlol g'oyasining jamiyatni jipslashtiruvchi kuch ekanligi. Global jamiyatda axborot tizimlari. Globallashuvga B.Bandi ta'rifi : Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko'p. Lekin uning xususiyatlarini to'laroq qamrab olgani bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta'rif. Unda globallashuv jarayonining uch o'lchovli ekaniga urg'u beriladi: Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko'proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo'lib ular orasida ko'prok so'l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o'tkazish uchun to'planib turadilar. Globallashuvning tezlashi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchayib ketdi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o'ziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A. Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda so'zlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko'rsatishdan boshqa yo'lini ko'rmayapman. Faqat qarshilik!» ,- degandi. G'oyalarni saralashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng muhimlaridan biri, saralab olinayotgan g'oyaning shaxs manfaatlariga, ehtiyojlariga, ustanovkalariga e'tiqodiga mosligidir. AQSH Prezidentlaridan biri T. Jefferson Ozodlik shunday daraxtki, u bazan odam koni bilan sug'orib turishlarini talab qiladi, deganda xuddi shunday e'tiqodli odamlarni, ozodlikni himoya qilish yo'lida ular o'z jonidan kechishga ham tayyor turishlarini nazarda tutgan edi. Yurtimiz tarixida ozodlik daraxtini o'z qoni bilan sug'organ yoki cyg'orishga tayyor turgan qahramonlar ko'p bo'lgan. Shiroq, To'maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari shaxslar shular jumlasidandir. Ular ozodlik, yurt mustaqilligi yo'lida butun kuch g'ayratlarini zarur bo'lganda jonlarini ham ayamadilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 800.36 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 800.36 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga