Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati OCHIQ AXBOROT JAMIYATINI Axborot xavfsizligini ta'minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorligini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim omil hisoblanadi. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to'g'risida», «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida» va «Elektron tijorat to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. O'zbekiston AXBOROT TEXNOLOGIYALARI Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa'y-harakatlarini birlashtirish bo'yicha O'zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O'zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o'nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a'zo bo'ldi. MOBIL ALOQA Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko'paytirish imkonini berdi. GLOBAL AXBOROT TIZIMI Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo'llash imkonini beradigan me'yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi. ELEKTRON RAQAMLI IMZO Elektron raqamli imzolarni ro'yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko'rsatmoqda, «o'z» milliy domenida ko'plab nomlar ro'yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. «ZIYONET» JAMOAT TA'LIMI AXBOROT TARMOG'I «ZiyoNET» jamoat ta'limi axborot tarmog'i muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Nogironlar uchun axborot texnologiyalari markazlari va maxsus treninglar tashkil qilindi. TO'RTINCHI AVLOD (4G) ALOQA TARMOG'I Mamlakatimizda MDHda ilk bor to'rtinchi avlod (4G) aloqa tarmog'i ishga tushirildi, interfaol shaklda davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha «yagona oyna» markazlari ochildi. Forumda qator xorijlik ekspertlar AKT sohasidagi eng so'nggi ishlanmalarni joriy etish bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. AXBOROTLASHTIRISH ISTIQBOLLARI O'zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: pptx