Axborotning gedonistik funksiyasi O'z vaqtida Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o'tira olmayman. CHunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-to'ntar qilib, o'zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman». Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari. Bugungi informatsion xurujlar va turli xil ma'lumotlarning turli yo'llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta'siri jarayonlari ma'nosida qo'llash ham mumkin. Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, «internetomaniya» kasaliga chalinish arafasida turgan O'zbekistonga ham yaxshi, ham yomon ta'sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o'zini-o'zi psixologik jihatdan salbiy ta'sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir. Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B'yukenenning «Smert' Zapada» nomli kitobi paydo bo'ldi. e'tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so'z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo'lgan voqealarni, G'arbning «taqdiri»ni jamiyat ma'naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug'ilish va aholining tabiiy o'sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag'ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa«amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko'rsatishga qodir emasligini e'tirof etadi. B'yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to'kin hayotga erishishga bo'lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo'lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e'tirof etadi. Gedonizmning ma'nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o'zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo'lishga intilish ustivor bo'ladi. To'g'ri, aslida insonning to'q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni hoxlagani ayb emas, lekin bunday to'kinchilik insoniylikka qarshi bo'lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni havortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o'zgarishlar Yevropaxalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug'ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug'ilayotganligi, tug'ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o'zidan sog'lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag'i etarli bo'la turib, farzand tug'ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag'ni qizg'anayotganligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Umuman G'arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o'zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda. Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun farzand tug'ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.25 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.25 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: pptx