Ayolning shaxsiy vujudiy egoizmi nimadan iborat Egoizm (xudbinlik) atamasi xar bir odamda turlicha assotsiatsiya, tasavvur uygotadi. Aksariyat xollarda biz bu atamaga salbiy maono berib urganib kolganmiz. Kupchilik manfaatini, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun kuyish, umum ishi uchun jon kuydirish kabi tamoyillar aynan egoizmning salbiy maonosi oqibatida shakllangan desak xato bulmaydi. Lekin chuqurrok uylab kurilsa o'zini uylamagan, o'zini sevmagan, o'zini kadrlamagan odam boshqalarni uylash, sevish, kadrlash qobiliyatiga ega bo'lishi qiyin. Bevosita ayollarga taallukli sohada bu masala yana xam keskinrok namoyon bo'ladi. Biz ko'p xollarda ayollarga bola-chaka, uy-ruzgor, oila uchun jon kuydirish, ular uchun uzidan kechishni targ'ib kilamiz, ulardagi bu xususiyatni eng asosiy - ayollik sifati deb baholaymiz. Lekin aynan shunday ayollar asta-sekin o'z ayollik mohiyatlaridan uzoqlasha boshlaydilar, shaxsiy vujudiy egoizmlarini, ayol ekanliklarini unuta boshlaydilar. Ular uchun bunday hayot tarzi guyo konikarlidek, shu bilan uzlarini baxtli deb his kilsalar xam, lekin ongsiz ravishda bu holat ularda kondirilmagan mayllar tufayli paydo buladigan psixik holat - frustratsiyani paydo qiladi, nimadandir kungli tulmaslik, asabiylik, xafakonlik kabi psixik ungaysizlikka sabab buladigan sharoit yaratadi. Beistisno xamma 8 mart bayramini yaxshi kuradi, ayniqsa erkaklar. Chunki aynan shu bayram ayolning fakat ona, xotin, amaldorgina emas, tom maonoda ayol ekanligini yodiga tushiradigan bayram. Ayol eng avvalo o'zini, sung erini, undan sung bolalarini va shundan sung ishini uylashi lozim. boshqacha aytganda ayol eng avvalo o'zini ayol sifatida, undan keyin turmush urtogi sifatida, keyin ona sifatida, shundan sunggina ijtimoiy faoliyat ishtirokchisi sifatida his qilishi, tasavvur kila olishi kerak. Kimki tulakonli ayol sifatida shakllana olmapti, u turmush urtogi, ona va ijtiomiy faol shaxs sifatida shakllana olmaydi. o'z shaxsiy vujudiy egoizmini kondira olgan, hayotdan kuvonishni bila olgan, konikish xissi bilan yashayotgan ayolgina o'z atrofidagilarga kuvonch ulasha oladi. Odatda ota-onalik hayot maromiga mos keladi. Voyaga etgan, yetuk, barkamol xar bir inson o'zini o'z farzandlarida takrorlaydi, uzidagi tasavvurlar, qadriyatlar, tajriba, o'z Men - konsepsiyasini bolaga uzatadi. Lekin, tan olish kerak, xar doim xam bulgusi ota-ona etarlicha yetuk, oiladan tulakonli baxtiyor bulavermaydi, bunday ota-onalarning oila hayotiga psixologik tayyorligi masalasi hozircha ochiq kolmokda. Chunki, asosan ayol kishini mehnatga, amoat ishiga jalb qilish xali uni tula baxtiyor kila olish degani emas. Psixologik maonoda ijtimoiy konikish bilan shaxsiy konikish xissini aralashtirib yuborib bulmaydi. Ana shunday tula yetuk bo'lmagan, tulakonli oilaviy baxtiyor bulaolmagan, xali uzida ana shu tulakonlik xissini tuymagan onalarning o'z farzandlariga nimani uzata olishi va uning oqibati bola psixikasida qanday aks etishini tasavvur qilish mumkin. Insonning Meni onani taraqqiyot va o'sishning tashabbuskori va vositachisi deb biladi. Ona bolaning ichki ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.57 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.57 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: doc