Baxt psixologik muammo

Baxt psixologik muammo

O'quvchilarga / Psixologiya
Baxt psixologik muammo - rasmi

Material tavsifi

Baxt psixologik muammo Reja: 1. Munozara metodlarining ijtimoiy psixologik mohiyati. 2. T- guruhlarida munozaralarni tashkil etishning o'ziga xosligi va turlari. 3. Breynstorming va uni o'tkazish texnologiyasi. Tayanch iboralar: Munozara, T-guruhlar, «generatorlar» «tanqidchilar» «katalizatorlar» Breynstorming. Umuman, bahs munozara yo'li bilan turli ijtimoiy muammolarni xal qilish masalasiga kizikish utgan asrning 30-yillaridan boshlangan, deb hisoblanadi. Chunki ayni bu hodisaga kizikish shu davrga kelib pedogogika va psixologiya sohalariga xam yoyilgan va bu xakda birinchi ilmiy psixologik xulosalar kilgan olim shveytsariyalik psixolog Jan Piajedir. U bola ijtimoiylashuvi jaraenini urganar ekan, uning o'z tengkurlari bilan turli mavzularda kiladigan munozara yoki bahslari undagi egoistik shaxsiyatparaslik mavkeini susayishi va shu tarika o'z-o'zini anglash bilan bir katorda uzgalar mavkeini anglash va «uzga shaxs bula olish» qobiliyatini o'stirishini anikladi. Keyinchalik shunga o'xshash tadqiqotlar sof ijtimoiy psixologik hodisalar doirasida xam urganila boshlandi. Masalan, nemis olimi Kurt Levin xam 40-yillardayok guruhda kupchilikning yagona bir karorga kelishining psixologik tabiatini urganar ekan, unda ana shu guruhlarda o'tkaziladigan tabiiy munozaralarning xar bir shaxs ijtimoiy ustanovkalari, qarashlari va guruhga munosabatiga bevosita ta'siri borligini isbotladi. Uning fikricha, guruhdagi munozara xar bir shaxsning guruhiy faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini oshirib, shu bilan birga xar kaysi azoning guruhiy jaraenlarga kushilishi, mavkeini anglash, uzgalarga nimanidar deyish kabi extiejini oshiradi. Erkin,demokratik tarzda fikr almashinish imkoniyatining yaratilishi muxokama kilinaetgan muammo bo'yicha guruh a'zolaridagi fikrlash jarayonini tezlashtiradi, ularni ijtimoiy mavkelarini yanada faollashtiradi. K. Levin eksperimentlarining real hayotda qanday samara berishi bo'yicha keyinchalik, yani ikkinchi jahon urushi yillarida sinovlar o'tkazilgan. Usha yillari bir guruh ayollarga ayrim ozik-ovqat mahsulotlari, jumladan, balik konservasi va pashtetning xam foydali ekanligi, xar doim xam yangi suyilgan mol eki boshqa hayvon gushtini istemol qilish shart emasligi haqida chiroyli va ishonchli ma'ruzalar ukilgan. Lekin ertasi kuni usha tinglovchilarning uch foizigina dukonlardan yuqorida targ'ibot qilingan narsalarni xarid kilganlar. boshqa bir aellar guruhiga esa aynan shu mavzuda munozaralar o'tkazish sharoiti yaratilgan. Keyingi kuzatishlarning ko'rsatishicha, munozara katnashchilaridan 32% usha ozik-ovqat mahsulotlariga nisbatan o'z fikrlarini uzgartirganlar va taklif etilgan mahsulotlarni xarid kila boshlaganlar. Ilmiy nuqtai nazardan olib karaganda, munozaralarning mohiyati va ahamiyati kuydagilarda izoxlanadi:an'anaviy ma'ruza tinglovchilari tanishtirilayotgan muammoga nisbatan taxminan bir xil neytral mavkeni bildiradilar, yani shu mavzu yuzasidan uzida to'g'ri fikr mavjud bo'lgan sharoitda ma'ruzachining (xam) bildirayotgan fikrlarini ishonchlirok va asoslanganrok, deb hisoblab, mavzu yuzasidan shaxsiy fikrini past baholaydi. Agar bayon etilaetgan fikrlar mutlako yangi bulsa, uning mohiyatiga tula tushunib etish va tushunish qiyin, degan manoda yana fikriy pasayish yuzaga keladi. Fikrlar tuknashuvini takozo qiluvchi munozarada esa qarama-qarshi yoki monand fikrlarning borligini anglash xam shaxsda ushbu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.78 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.78 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga