Biologik evolyusiyada psixikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi

Biologik evolyusiyada psixikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Biologik evolyusiyada psixikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Psixika materiya evolyusiyasining natijasi sifatida. Seskanuvchanlik va tropizmlar. Instinktlar, ko'nikmalar va hayvonlarning aqliy xatti-harakatlari. Inson va hayvonlar psixikasi o'rtasidagi farqlar. Inson ongi. Tayanch iboralar: Psixikaning paydo bo'lishi haqidagi nazariyalar. Psixikaning funksiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, ko'nikmalar, intellektual xatti - harakatlar. Psixik funksiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bog'liqligi. Psixika va muhit. Miya va psixika. Inson ongi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi. PSIXIKA MATERIYA EVOLYUSIYASINING NATIJASI SIFATIDA. Psixikaning paydo bo'lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya'ni ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog'liqdir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o'zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo'lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg'oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o'tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o'zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo'ladi. Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o'tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko'rsatib o'tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaksiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo'lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo'lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi ozuq moddalarni tanlab o'zlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BO'LGAN (BIOTIK) MODDALARGA ma'lum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo'lmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bo'lganlar. SESKANUVCHANLIK VA TROPIZMLAR Biz yuqorida ko'rib o'tgan SESKANUVChANLIK o'simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizlarning biologik ahamiyatga ega bo'lgan (biotik) ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo'lib, ular tashqi muhit ta'siriga harakat bilan javob qaytaradilar. Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga TROPIZM yoki TAKSISlar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo'ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug'lik ta'siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning ma'lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo'lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo'zgatuvchi ta'siri ostida harakatga kelishi va h.k. O'simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat. Hayvonlarda ta'sirlanishning yangi turi - SEZUVCHANLIK yuzaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.34 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.34 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga