Biologik evolyutsiyada psixikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi

Biologik evolyutsiyada psixikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Biologik evolyutsiyada psixikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

REJA: Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida Seskanuvchanlik va tropizmlar Instinktlar, ko'nikmalar 4. Hayvonlarning intellektual harakatlari 5. Inson va hayvonlar psixikasi o'rtasidagi farqlar 6. Ong haqida tushuncha Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida. Pisxika-ning paydo bo'lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli-inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo'lmish aks ettirish xususiyatiga, ya'ni ta'sirlarga javob qayta-rish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog'liqdir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o'zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg'oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi, quyosh nuri-ning oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o'tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o'zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo'ladi. Materiyaning evolyutsiyada jonsiz materiyadan jonli materiyaga o'tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko'rsatib o'tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaksiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Oqibatda koatservatlar deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo'lgan. Kotservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo'lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi «ozuqa» moddalarni tanlab o'zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo'lgan (biotik) moddalarga ma'lum darajada seskanish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo'lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indefferent (befarq) munosabatda bo'lganlar. Seskanuvchanlik va tropizmlar. Biz yuqorida ko'rib o'tgan seskanuvchanlik o'simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuv-chanlik tirik organizmlarning biologik ahamiyatga ega bo'lgan (biotik) ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo'lib, ular tashqi muhit ta'siriga harakat bilan javob qaytaradilar. Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo'ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug'lik ta'siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligi; xemotropizm-tirik organizmning ma'lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo'lgan moyilligi; topotropizm-tirik organizmning mexanik ko'zg'atuvchi ta'siri ostida harakatga kelishi va h.k. O'simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat. Hayvonlarda ta'sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o'tish boshqacha hayot tarixi bilan bog'liqdir. A.N.Leontevning gipotezasiga ko'ra, sezuvchanlik «genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta'surotlar bilan bog'lovchi, organizmni muhitda mo'ljal olishga yordam beruvchi, signallik vazifasini o'tovchi ta'sirlarga javob ta'siridan bo'lak narsa emas». Yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi organlari (a'zolari tarkib topadi). Narsalarning aslida befarq, ya'ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.46 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.46 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga