Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va metodlari Reja: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Bolalar psixologiyasi fanining ilmiy tekshirish metodlari. Ijtimoiy hayotimizdagi o'zgarishlar mustaqillik, Respublikamizdagi demokratiyaning tantanasi, huquqiy davlat tuzimiga intilish psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o'rganish hamda ulardan turmushda foydalanishni talab qiladi. Psixologiya fani tarmoqlaridan biri - bolalar psixologiyasidir. Bolalar psixologiyasida bolaning tug'ilgan paytidan boshlab, to maktab yoshiga etgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etishi qonuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini o'rganadigan fandir. Bola inson sifatida tashqi jihatdan katta yoshli odamlarga uxshasa xam, uzining psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarning mazmuni jihatdan katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. hozirgi kunda bolalar psixologiyasining oldida bir kancha muhim vazifalar turadi. Ular kuyidagilar: Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo'lgan qonuniyatlarni o'rganish. Bola psixologik taraqqiyotiga faol ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish. Turli yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish. Boladagi shaxsiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rganish. Bolani maktab ta'limiga tayyorlash. Maktabda muvaffakiyatli o'qishi uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish. ta'lim jarayonida bolaning mustaqil, ijtimoiy faol tafakkurini shakllantirish. ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish. ta'lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berish. Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri - turli yoshdagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarining namoyon bo'lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur analiz qiladi. Bunda bolalar psixologiyasining bolalar shaxsini tarkib topishiga faol ta'sir qiluvchi omillar kiziktiradi. Malumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta'sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta'sir etishda tarkib toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta'sir kiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shugullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar shaxsi va shaxsiy psixologik qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muhim ilmiy malakalarni urganib, mamlakatimizda yangi tipdagi odamlarni tarbiyalab etishtirish qonuniyatlarini ochib beradi. Bolalar psixologiyasi uzining murakkab predmetini o'rganishda falsafaga tayanadi. Malumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga bog'liqligini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo'lish bolalar psixologiyasiga bolalar psixik taraqqiyotini o'rganishda va «tabiiy zot» bo'lib tug'ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo'lib etishini o'rganish to'g'ri yul topishga yordam beradi. Bolalarda psixik jihatdan taraqqiy etish muammosini o'rganish falsafa uchun xam kata ahamiyatga ega. Malumki, bilish nazariyasi va dialektika qonuniyatlarining tarkib topishida lozim bo'lgan bilim sohalarini sanab kursatar ekan, psixologiyaning uch sohasini «bolalarning aqliy rivojlanish tarixi, hayvonlarning aqliy rivojlanish tarixi, til tarixi, psixologiya, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.97 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.97 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: doc