Bolalar psixologiyasi muammolari Reja: Bolalar psixologiyasi fani maqsadi, vazifalari Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Bola psixikasini o'rganish metodlari Bolalar psixologiyasi fani maqsadi, vazifalari O'zbekiton Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo'lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota - onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bolaning psixik taraqqiyoti haqidagi bilimlarni esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi - Bolalar psixologiyasi fani o'rganadi. Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog'i bo'lib, bolaning tug'ilganidan to yetuklik davrida psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlardagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarni, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o'rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e'tibori tug'ilganidan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya'ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o'rganiladi va uni ontogenetik (tug'ilgandan ulg'aygungacha o'sib yetilish davri) taraqqiyot yo'li deyiladi. Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta'sir qiluvchi omillarni ham o'rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o'ziga xos vazifalarni hal etmog'i lozim. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini yechishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi: Turli yoshdagi bolalarga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni, ya'ni bolalarning idrokiga, sezgi - tuyg'ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o'rganish; I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik protsesslari xususiyatlariniing nerv- fiziologik asoslarni o'rganish; Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta'sir qiluvchi omillarni aniqlab berish; Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo'lgan qonuniyatlarni o'rganish; Bola shaxsi va shaxsiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rganish; Bolani maktab ta'limiga tayyorlash; Maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish; Ta'lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish; Ta'lim - tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish; 10.Ta'lim - tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilir, o'qituvchilar, ota - onalar ya'ni jamoatchilar o'rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo'lish yo'llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo'lmoqlarini ta'minlashdan iborat. Jamoatchilikni psixologik ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.7 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.7 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: docx