Bolalar psixologiyasi predmedi

Bolalar psixologiyasi predmedi

O'quvchilarga / Psixologiya
Bolalar psixologiyasi predmedi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Bolalar psixologiyasi predmeti. 2. Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Bolalar psixologiyasi tarixi. 4. Bola ruhini o'rganishning metodologik prinsiplari. 5. Bolalar psixologiyasini o'rganish metodlari. 6. Psixik rivojlanish nazariyalari. 7. Muhitning bola psixikasi rivojlanishiga ta'siri. 8. Nasliy xususiyatlari,organizmning tug'ma imkoniyatlari psixik rivojlanish omili sifatida. Umumiy psixologiya fanining bir qancha sohalari bo'lib,ulardan biri-bolalar psixologiyasi va pedagogik psixologiyadir.Shuning uchun bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyadan ajralib chiqqan.Bolalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida bolaning tug'ilgan paytidan boshlab voyaga etguncha bo'lgan davridagi psixik taraqqiyotni o'rganadi.Bundan tashqari,bolalar psixologiyasi muayyan yoshdagi bolalarga xos umumiy psixologik xususiyatlarnigina emas,balki har bir bolaning shaxsiga xos bo'lgan individual xususiyatlarni ham o'rganadi.Shuning uchun maktabtagi ta'lim-tarbiya ishlari asoslanadigan fanlar orasida bolalar psixologiyasi alohida o'rinda turadi. Bolalar psixikasining taraqqiyotini ilmiy kuzatishga dastlab mashxur tabiatshonoslardan Charl'z Darvin yo'l ochdi.Charl'z Darvin bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga doir o'zining kundalik xotira tipidagi asarini nash etgan edi.Psixikaning eng yuksak bosqichi bo'lmish ong masalasiga kelsak,ong uzoq evolitsion taraqqiyot natijasi sifatida faqat insongagina xosdir.Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishi hamda til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatda bo'lishi natijasidir.Demak,ongning birinchi xarakteristikasi unig turli bilimlar yig'indisidan iborat ekanligidir.Ongning ikkinchi xarakteristikasi odamning o'z-o'zini anglash protsessida namoyon bo'ldi.Odam tirik mavjudodlar tarixida birinchi bo'lib obyektiv olamdan ajralib chiqdi va o'zini tevarak-atrofdagi muhitga qarama-qarshi qilib qo'ydi.Ma'lumki,odam har doim biror bir faoliyatda bo'ladi.Har qanday faoliyatning esa o'z maqsati va motivlari bo'ladi.Faoliyatda kirishishdan oldin maqsad va motivlarni belgilash ongning uchinchi xarakteristikasi hisoblanadi.Bolalar psixologiyasi turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyot qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi kerak.Bolalar psixologiyasi I.P.Pavlovning oily nerv faoliyati haqidagi ta'limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik proseslari va xususiyatlarining nerv-fiziologik asoslarini o'rganishi kerak.Ana shu asosiy vazifalari bilan bir qatorda bolalar psixologiyasi yana bir necha muhim masalalar bilan xam shug'ullanadi.Masalan,bolalar psixologiyasi-bolalar psixik taraqqiyotiga aktiv ta'sir qiluvchi omillarni aniqlab beradi.Bolalar psixologiyasi bu vazifalarni hal qilar ekan,buning bilan u tarbiyachilarning va ota-onalarning ta'lim-tarbiya yuzasidan olib boradigan ishlarini ilmuy asosda tashkil qilishga yordam beradi. Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Bolalar psixologiyasi bir qancha fanlar bilan uzviy aloqada bo'lib,bu fanlar qo'lga kiritayotgan faktlardan,qonuniyatlar hamda kashfiyotlardan keng foydalanadi.Bolalar psixologiyasi ta'lim-tarbiyaning maqsadi,yo'l-yo'riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi.Lekin shuning bilan birga bolalar psixologiyasi pedagogika faniga ham yaqindan yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bir qator biologic fanlar bilan,birinchi navbatda,bolalar anatomiyasi hamda fiziologiyasi bilan bo'g'liqdir.Bu fanlar bolaning yoshi ulg'ayishi bilan yuzaga keladigan anatomic va fiziologik o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi hamda psixik taraqqiyot yo'lini ilmiy tushunishga yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi,bolalardagi kasalliklarni o'rganuvchi pediatriya va bolalar psixopatalogiyasi bilan ham bog'liqdir.Bu fanlar bolalar psixik tarqaqqiyotining normal borayotganligini chuqurroq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.19 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.19 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga