Bolalardagi deviatsiyalar Reja: Xulqi og'ir bolalar psixologiyasi fanining maqsadi, vazifalari va uning amaliy ahamiyati. Xulq-atvor o'zgarishining yoshga bog'liqligi Xulqi og'ir bolalar psixologiyasi fanining maqsadi, vazifalari va uning amaliy ahamiyati. Tarbiyasi og'ir bolalar muommosi azaldan eng dolzarb muammolardan biri bo'lib kelgan. Bu muammoning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug'ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan, u qanday ijtimoiy muhitda tug'ilib voyaga yetib, ulg'ayotganligiga e'tiborni qaratishimiz lozimdir. Sobiq Ittifoq davrida shaxs xulq-atvoriga irsiy omillar va uning tabiiy xususiyatlarini ta'sir qilishi haqidagi qarashlar inkor etilar edi. Biroq N.P.Dubinin, V.P.Efroimson, N.S.Kanstonistov, B.F.Sergeyev va boshqa genetiklarning bildirishicha, shaxsning genetik xususiyatlari, undagi ba'zi tug'ma kasalliklar va xususiyatlar ham shaxs xulq-atvorining shakllanishiga bevosita va bilvosita ta'sir etilishini e'tirof etganlar. Ko'pchilikning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda tarbiyasi og'ir bolalar bilan bog'liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi takidlanadi. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog'lash mumkin, ya'ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko'rish, kompyuterdagi har xil o'yinlar epizotlariga taqlid qilish, Internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o'zlashtirishi) yoki kattalarning e'tiboridan chetda bo'lishi, oiladagi qoizis va hoka'zolar. Bu omillarni inkor yetmagan holda, mazkur muammoning tub sabablarini bolaning psixik taraqqiyotidan qidirish lozim. Hech kimga sir emaski bugungi kun bolalari o'zlarining yigirma yil oldingi tengdoshlaridan farq qilishadi. Hozirgi yoshlar tez ta'sirlanuvchan, musaqillikka moyilligi yuqoriligi va shu bilan birga nisbatan befarq, o'z vaqtlarini mazmunli ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaydi. Vaholanki inson tabitan o'ziga xos oson va ko'ngilochar mashg'ulotlarga moyil bo'ladi. Inson xulq-atvori tarkibining aksariyati tabiiy instinktlari taziyqi ostida bo'lishini inobatga olinishi kerak. Ushbu taziyqlarni to'g'ri muvofiqlashtirish insondan irodaviylikni talab qiladi Bu holatni zamonaviy texnikaning rivojlanganligi ta'siri deb ham izohlash mumkindir. Ko'pchilik hollarda bolalardagi bu o'zgarishlarga e'tiborsizlik va befarqlik ularning xulq-atvorida salbiy og'ishlarining boshlang'ich sababi va asosi bo'lishi mumkin. Amerikalik amaliyotchi psixologlar tomonidan psixologik xizmat doirasida bolani tarbiyasidagi salbiy o'zgarishlarni oldini olishda eng avvalo bolaga ta'sir ko'rsatish zarurligi ta'kidlanadi. Buning uchun bolani o'zini o'zgartirishga tayyorlash, ya'ni: -tashqi muhit ta'siridan sarosimaga tushmaslikka; -turli xil qiyinchiliklarni yengib o'tishga o'rgatish lozim. Demak, olimlarning fikricha bolada mavjud noto'g'ri salbiy o'zgarishlarni ruhiy rivojlanishning me'yor darajasiga yetkazish orqali bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo'qotishga erishish mumkin ekan. Shu o'rinda psixologiya faniga murojaat etib, inson psixikasida ongning tarkib topishi xususiyada qisqacha to'xtalib o'tishni joiz deb topdik. Ma'lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri uning o'zini anglashidir. Uning o'zini anglashi o'z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Inson o'z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta'sir etuvchi subyektdir. Insonning idrok etadigan, tasavvur ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.46 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.46 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: docx