Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama qarshiliklar va rivojlanish qonuniyatlari Reja: Psixik taraqqiyot va ta'lim Psixik va biologik taraqqiyot Faollik bola taraqqiyotining manbai ekanligi Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama-qarshiliklar va rivojlanish qonuniyatlari Bolaning psixik taraqqiyoti murakkab jarayondir. Buni xal etishda bolalar psixologiyasi, avvalo hayotda sinalgan, tajribalarda pishib yetilgan quyidagi asoslarga suyanadi: 1) Taraqqiyot, o'sish, rivojlanish qarama-qarshiliklar kurashi va ziddiyatlardan iboratligi; 2) bolalar kamoloti haqidagi fanga xilof nazariyalarni, qarshiliklarni tanqidiy tahlil qilinganligi; 3) hozirgi kunga qadar bolalar psixologiyasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajribalarning natijalari; 4) komil insonni tarbiyalashda erishilgan amaliyot natijalari. Bularga asoslanib bolaning psixik taraqqiyoti qanday rivojlanadi, unga ta'sir etuvchi omillar nimadan iborat, unda biz nimalarga e'tibor berishimiz lozim degan murakkab masalalarni xal qilishimiz mumkin. Ma'lumki bola psixikasining taraqqiyoti (o'sish-miqdoriy jihatdan ortish; taraqqiyot ham miqdor, ham sifat jihatidan o'zgarishdir . bola jismonan o'sadi, psixik jihatdan taraqqiy qilishi) haqida 2 xil qarashlar mavjud. 1-qarashlarga muvofiq, taraqqiyot avvalgi narsaning oddiy takrorlanishidan, organizmida mavjud bo'lgan muayyan sifatlarning shunchaki ko'payishi yoki kamayishidan iborat. Bunday yo'nalish tarafdorlari o'z-o'zidan shaxs taraqqiyotining tub sabablarini ochib bera olmaydilar. 2- qarashlarga muvofiq, taraqqiyot ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu ilmiy yo'nalish bo'lib, bola taraqqiyotini organizmning xususiyatlari bilan tashqi muhit sharoiti organizmga tobora yangi talablar qo'yadi; organizm yangi sharoitga moslashar ekan, yangi sifatlar hosil qila boshlaydi va taraqqiy qiladi. Demak, psixik taraqqiyot ham qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar: 1-dan bolaning shu choqqacha erishgan taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlariga orasidagi qarama-qarshiliklar, unda ehtiyoj oldin paydo bo'ladi, lekin imkoniyat yetarli bo'lmaydi. Misol: xali yurishga o'rganmagan bola yurib ketishiga ehtiyoj sezadi, lekin bola o'z muvozanatini saqlay olmagani, oyoqda tik tura olmagani uchun u yura olmaydi. 2-nchidan bolaning eski xulq -atvor shakllari bilan yangi xattiharakatlari, yangi tashabbuslari orasidagi qarama-qarshilk (taqlidtashabbus). YA'ni bunda tashabbus oldin paydo bo'ladi va boladan mustaqillikni talab qiladi, lekin mustaqil harakat qilish uchun bola kattalarga taqlid qilishdan voz kechishi va mustaqil harakatlanishi kerak. 3-dan, bolaning hayot mazmuni bilan uning shakli o'rtasidagi qarama-qarshilik. Hayot mazmuni ilgari, hayot shakli esa keyin shakllanadi. Misol: maktab hayotini mazmuni hammaga tanish. 1- sinfga qadam qo'ygan bola maktab qoidalarini xali yaxshi tushunmaydi. Lekin maktabda tizimli ta'lim jarayoni bolani o'z talablariga ko'niktira boshlaydi, bunda bolada ko'pgina psixologik qiyinchiliklar ro'y beradi. Bola esa avvalo qiynalib, keyinchalik unga o'rganib, yangi hayot shakliga o'rganadi. Bolalar hayotida uchraydigan turli qiyinchliklar, qarama-qarshilik va ziddiyatlar bolani psixologik tomondan rivojlanib, shakllanib borishiga sabab bo'ladi. Bolani psixik taraqqiyoti qanday shakllanishidan qat'iy nazar, u mo'ayyan qonuniyatlarga bo'ysunadi. Lekin muhit ta'siriga nisbatan bu qonuniyatlar (keng ma'noda olganda) ikkilamchidir. Chunki bu qonuniyatlarning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.47 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.47 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: docx