Bolaning rivojlanish tarixi Bolani o'sish tarixi, uning psixik taraqqiyotiga baho berishda muhim ma'lumot manbai bo'lib hisoblanadi. Bola rivojlanish tarixini tuzish sxemasi bilan tanishib chiqamiz. 1. Bola familiyasi, ismi, oilasi haqida asosiy ma'lumotlar. tug'ilgan yili. Oiladagi barcha kishilar yoshi, ma'lumoti, shugullanadigan ishi. Bola tug'ilgandan boshlab oila tarkibidagi o'zgarish. 2. Bolaning tutilguncha va tug'ilgandan keyingi rivojlanish sharoitlari haqida umumiy ma'lumot. 3. Tekshirilayotgan vaqtdagi bolaning sogligi va boshidan kechirgan kasalliklari. Shikastlanish va operatsiyalar bo'lganligi, surunkali va tez-tez kasallanishi. Kasalxonaga yotganligi. Psixonervolog yoki boshqa mutaxassislarda hisobda turishi. tug'ilgandan boshlab uxlash va ovqatlanish xususiyatlari. 4. tug'ilgandan boshlab kaerda kim tomonidan tarbiya qilingan, 2 yoshgacha kim karagan. Bolani yasli, bolalar bog'chasi va boshqa muasasalarnga joylashtirish. Bolaning bolalar muassasalariga moslashishi. Bola usgan sharoitida tusatdan o'zgarish bo'lganligi (masalan, kuchishlar), ota-ona bilan tez-tez yoki uzoq vaqt birga bulmaslik. Buning bolaga ta'siri? 5. Bolaning uch yoshgacha rivojlanishi, kachondan boshlab bola utira, tura va yura boshladi. nutqning rivojlanishi. mustaqillikka o'rganish. Bola xulkida qanday qiyinchiliklar kuzatilgan. Sevimli mashg'uloti va o'yinlari. 6. Bolaning bog'cha yoshidagi rivojlanishi. qanday o'yinlarni kim bilan uynashni yoktiradi. Chizishni yoktiradimi, necha yoshdan boshlab, nimani? Ertak eshitishni, sher yodlashni, televizor ko'rishni yoktiradimi? o'qishni biladimi? Kachon, qanday qilib, kimning yordamida o'qishni urgangan? Jismoniy rivojlanishi? Kaysi kuli yetakchi rolni uynaydi? Uyda bajaradigan vazifalar bormi? Bolaning kattalar bilan birgalikda faoliyat usullari bajariladimi? Tengdoshlariga munosabati. Oila a'zolari bilan munosabati. Odatdagi janjallar, ularning tezligi. Kattalar tomonidan ragbatlantirish va tanbex berishi. Xarakter xususiyatlari. Maxsus seksiya, to'garaklarga katnashadimi? bo'sh vaqtini qanday o'tkazadi? 7. Bolaning ichki maktab yoshidagi rivojlanishi. Maktab hayotiga osonlik bilan moslashadimi? Kuni uzaytirilgan guruhga katnashadimi? Maktabi, sinfi uzgarganmi, qanday sababga ko'ra? Uzlashtirishi. Sevimli va yokimsiz predmetlari. Uy vazifalarini bajarishi. Sinfdoshlari bilan munosabat. Maktabning jamoat ishlarida katnashishi. Maktabdan tashqari mashg'ulotlarning mavjudligi, mustaqillik darajasi. Uyda bajaradigan ishlari. Bolaning bo'sh vaqtida ukiydigan, televizor kuradigan va uynaydigan joyi, odatdagi janjallar. 8. Ota-onalar fikricha, bola hayoti tarixida yana nimani aytib utish muhim. BOlalar psixik taraqqiyotini tuzatish vazifalari tuzatish usullari Bola psixik taraqqiyotini tuzatishning asosiy vazifalari kuyidagilar: birinchidan, bola shaxsey va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish asosida psixik taraqqiyotdan chetlashishlarni tuzatish; ikkinchidan, shaxsiy va axloqiy taraqqiyotidan yokimsiz salbiy yo'nalishlarning oldini olish. kPsixika taraqqiyotini tuzatish (k korreksiya qilishk)k atamasi dastlab defektologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bulsa, amaliy yosh psixologiyaning rivojlanishi bilan ktuzatishk tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun xam kullanila boshladi. D.B.Elkonin tuzatishning yunalganligi va diagnostikasi xarakteriga bog'liq ravishda tuzatishning 2 usulini ajratishni taklif qiladi: taraqqiyotdan chetlashish belgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish va taraqqiyotidan chetlashish sabablari va manbaalariga qaratilgan tuzatish. Psixologik ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.21 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.21 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc